Gavriil Dmitriyevich Kachalin (ruscha: Гавриил Дмитриевич Качалин; 1911-yil 17-yanvar – 1995-yil 23-may) – sovet / rossiyalik futbolchi va murabbiy.
![]() Dinamo Tbilisi jamoasi murabbiyi sifatida, 1972-yil | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Gavriil Dmitriyevich Kachalin | ||
| Tavallud sanasi | 17-yanvar 1911-yil | ||
| Tavallud joyi | Moskva, Rossiya Imperiyasi | ||
| Vafot sanasi | 23-may 1995-yil (84 yoshda) | ||
| Vafot joyi | Moskva, Rossiya | ||
| Boʻyi | 1.71 m (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1928—? | Volny Trud | ||
| Homel | |||
| Dynamo Homel | |||
| 1936—1942 | Dynamo Moskva | ||
| Boshqargan klublari | |||
| 1945—1948 | Trudovye Rezervy Moscow | ||
| 1949—1952 | Lokomotiv Moscow | ||
| 1955—1958 | USSR | ||
| 1960—1962 | USSR | ||
| 1963 | Paxtakor Toshkent | ||
| 1964—1965 | Dinamo Tbilisi | ||
| 1965 | USSR U-21 | ||
| 1966—1968 | USSR Olympic | ||
| 1968—1970 | USSR | ||
| 1971—1972 | Dinamo Tbilisi | ||
| 1973—1974 | Dynamo Moskva | ||
| 1975 | Paxtakor Toshkent | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Sovet milliy futbol terma jamoasini eng katta yutuqlarga, 1956-yilgi Olimpiada oʻyinlarining oltin medallariga va 1960-yilda futbol boʻyicha Yevropa chempionatiga olib chiqgan. Uchta FIFA Jahon kubogida: 1958, 1962 va 1970-yillardagi jahon chempionatlarida murabbiylik qilgan.
Kachalin qoʻl ostida „Dinamo Tbilisi“ 1964-yilda oʻz tarixidagi birinchi Sovet Oliy Ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan va keyinchalik 1971 va 1972-yillarda ikki marta 3-oʻrinni egallagan. 1973-yilda Moskvaning Dinamo klubi 3-oʻrinni egallagan.
Futbolchilik faoliyati
Kachalin oʻz faoliyatini 1928-yilda „Volniy Trud“ klubida boshlagan. Homel shahar futbol jamoasi va FC Dinamo Homel uchun oʻynadi. 1936-yildan 1942-yilgacha Moskvaning „Dinamo“ jamoasi uchun kurashgan. Faoliyati davomida SSSR oliy ligasining 36 ta oʻyinida maydonga tushib, 1937 va 1940-yillarda ikki marta chempion boʻlgan va 1937-yilda Moskvaning „Dinamo“ jamoasi bilan Sovet Ittifoqi kubogi sohibi boʻlgan. Bask mamlakati futbol jamoasiga qarshi ham oʻynagan.
Murabbiylik faoliyati
Gavriil Kachalin quyidagi klublar va terma jamoalar bosh murabbiyi boʻlgan:
- FK Trudovye Rezervy Moskva (1945—1948)
- Lokomotiv Moskva (1949—1952)
- Futbol boʻyicha SSSR terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi sifatida (1954)
- Futbol boʻyicha SSSR terma jamoasi (1955—1958, 1960—1962, 1968—1970)
- Toshkentning „Paxtakor“ klubi (1963, 1975)
- „Dinamo Tbilisi“ (1964—1965, 1971—1972)
- SSSR 21 yoshgacha boʻlgan futbol terma jamoasi (1965)
- SSSR milliy olimpiya terma jamoasi (1966—1968)
- „Dinamo Moskva“ (1973—1974)
Faoliyatining oxirida Kachalin Moskvaning „Dinamo“ yoshlar akademiyasida ishlagan. 1963-yilda Sovet futbol federatsiyasining murabbiylar kengashi raisi boʻlgan. FIFA texnik qoʻmitasi aʼzosi ham boʻlgan.
Yutuqlari
Futbolchi sifatida
Dinamo-Moskva
- Sovet Oliy Ligasi (2): 1937, 1940
- Sovet Kubogi (1): 1937-yil
Murabbiy sifatida
Dinamo Tbilisi
- Sovet oliy ligasi (1): 1964; Bronza medali (2): 1971, 1972
Dinamo Moskva
- Sovet Oliy Ligasi bronza medali (1): 1973-yil
Sovet Ittifoqi
- UEFA Yevropa chempionati (1): 1960-yil
- Yozgi Olimpiada oʻyinlari (1): 1956-yil
Moskva XI
- SSSR xalqlari Spartakiadasi (1): 1956-yil
Mukofotlari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni
- Xalqlar doʻstligi ordeni
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gavriil kachalin haqida ma’lumot. gavriil kachalin nima? gavriil kachalin nimani anglatadi?
