Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qashqarbeda — dukkakdoshlarga mansub oʻq ildizli ikki yillik begona oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda sariq Q. va oq Q. turlari uchraydi. Poyasi tik oʻsadi, sershox

Qashqarbeda

Qashqarbeda — dukkakdoshlarga mansub oʻq ildizli ikki yillik begona oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda sariq Q. va oq Q. turlari uchraydi. Poyasi tik oʻsadi, sershox, boʻyi 50150 sm. Barglari uch boʻlakli, navbatmanavbat joylashgan. Gullari sariq, shingil toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi 1—2urugʻli dukkak. Ikkinchi yili iyun—avgustda gullaydi va iyul—sentabrda mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻlari 4—16° trada koʻkaradi. Fargʻona, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida koʻp tarqalgan. Don ekinlari orasida, bedapoyalar, paxtazorlarda, shuningdek, dala chekkalari, ariq yoqasi, yoʻl boʻylari, tashlandiq yerlar, baʼzan bogʻlarda uchraydi.

Kurash choralari: angʻiz erta kshshatiladi, yer shudgor qilinadi. Don ekinlariga gerbitsidlar purkaladi.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qashqarbeda haqida ma’lumot. qashqarbeda nima? qashqarbeda nimani anglatadi?

Yuqori