Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

France Football — butun dunyo boʻylab futbol yangiliklarini oʻz ichiga olgan fransuz haftalik jurnali. U, asosan, fotoreportajlar, eksklyuziv intervyular, UEFA

France Football


France Football — butun dunyo boʻylab futbol yangiliklarini oʻz ichiga olgan fransuz haftalik jurnali. U, asosan, fotoreportajlar, eksklyuziv intervyular, UEFA Chempionlar Ligasi oʻyinlarining aniq statistik maʼlumotlari hamda Yevropa ligalarini keng yoritib borishi tufayli Yevropadagi eng nufuzli sport nashrlaridan biri hisoblanadi. Jurnal birinchi marta 1946-yilda nashr etilgan va bosh qarorgohi Parijda joylashgan. Oltmish yildan koʻproq vaqt davomida u "Oltin toʻp" mukofotini yilning eng yaxshi futbolchisiga topshirib keladi.

France Football

Sohasi Futbol
Davriyligi Haftada bir marotaba
Tili Fransuz tili
Tahririyat manzili Parij
Bosh muharrir Denis Chaumier
Nashriyot (mamlakat) (Fransiya)
Nashr tarixi 1946-yil Parij
Qachon asos solingan: 1946-yil
Adadi 212 713 nusxada (2004)

Veb-sayti: francefootball.fr

Mukofotlar

1956 va 2009-yillar orasida France Football Yevropaning eng yaxshi futbolchisiga "Oltin toʻp" mukofotini topshirdi. Mukofot 2010-yilda FIFAning yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti bilan birlashgandan soʻng, jurnal FIFAning „Oltin toʻp“ini 2016-yilgacha sportning boshqaruv organi boʻlmish FIFA bilan hamkorlikda dunyoning eng yaxshi oʻyinchisiga topshirdi. 1959-yildan beri France Football ,shuningdek, Fransiyaning yilning eng yaxshi futbolchisini tanlab beradi. Undan tashqari, jurnal 1968-yildan 1990-yilgacha Yevropaning eng yaxshi klubini ham taqdirlagan.

France Football tomonidan taqdim etilgan mukofotlar

  1. „Oltin toʻp“
  2. „Oltin toʻp“ ayollar oʻrtasida
  3. Kopa kubogi
  4. Yashin kubogi
  5. Gerd Myuller kubogi
  6. Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi

Yana qarang

  • L'Équipe
  • Onze Mondial
  • World Soccer (jurnal)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, france football haqida ma’lumot. france football nima? france football nimani anglatadi?

Yuqori