
Jurji Zaydon
| Jurji Zaydon | |
|---|---|
| Tavalludi | 1861-yil 14-dekabr Bayrut |
| Vafoti | 1914-yil 21-iyul Qohira |
| Fuqaroligi | Usmonli turk imperiyasi |
| Kasbi | Yozuvchi, shoir, publitsist, o'qituvchi |
| Sohasi | Tarix, adabiyot, publitsistika |
| Institutlar | Bayrutdagi Amerika universiteti |
Jurji Zaydon (1861.14.12, Bayrut — 1914.21.8, Qohira) — arab yozuvchisi, publitsist va olimi. U Livan tog'li hududlaridagi qishloq hududida, kambag'al oilada tavallud topgan. Bayrutdagi tibbiyot kollejida oʻqigan (1881—82). 19-asr 80-y.larida Misrga koʻchib kelib, "Al-Hilol" jurnali (1892)ni tashkil qilgan. 3. yangi arab adabiyotida tarixiy roman janriga asos solgan. U "Islom tarixidan qissalar turkumi"ni tashkil etgan 17 ta tarixiy roman muallifi ("Gʻassonlik qiz", 1895 — 96; "Horun ar-Rashidning singlisi", 1906; "Fargʻona kelini", 1907—08 va b.). Mazkur romanlarda 7—13-asrlarda roʻy bergan tarixiy voqealar bayon qilingan. "Fargʻona kelini" romanidagi voqealar Markaziy Osiyoda arablar istilosi davri (7-asr oxiri va 8-asr boshlari)da roʻy bergan. "Mamluklar zulmi", (1893) romani tarixiy mavzuda, "Usmonli turklar davlat toʻntarishi" (1911) romanida esa muallif oʻzi yashagan davrdagi voqealarni qalamga olgan. 3. koʻpgina ilmiy asarlar muallifi: "Islom madaniyati tarixi" (1902—06); "Arab tili tarixi" (1904); "Arab adabiyoti tarixi" (1911 — 14) va b. Asarlari dunyoning koʻpgina tillariga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan ("Fargʻona kelini", 1971).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, jurji zaydon haqida ma’lumot. jurji zaydon nima? jurji zaydon nimani anglatadi?