Baluj tili — Baluj (balach, baluch) xalqi tili. 5,7 mln.ga yaqin kishi soʻzlashadi. Ular Pokiston (2 mln.ga yaqin), Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Oʻrta Osiyoda - Mari (Turkmanistan), Koʻlob (Tojikiston)da yashaydi. Baluj tili Eron tillari shim.-gʻarbiy turkumiga mansub. Tarkibida 5 ta (gʻarbiy, sharqiy) shevalar guruhi bor. Baluj tili da sirgʻaluvchi, qoʻshaloq, serebral unli tovushlar mavjud. Hozirgi fleksiyaning buzilishi va analitik qurilish yuz bermoqda. Baluj tili da 4 kelishik, 2 nisbat, 4-mayl, 10 ga yaqin zamon boʻlib, baʼzi shevalarida ergativ tuzilish bor. Jins kategoriyasi yoʻq. Lugʻat tarkibida Forscha, Urdu, Arabcha, Turkcha soʻzlar mavjud.
| Baluj tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | بلؤچی |
| Mamlakatlar | Pokiston Eron Afgʻoniston |
| Rasmiylik holati | Balujiston (Pokiston) |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 7 600 000 |
| Turkumlanishi | |
| Turkum | Hind-Yevropa tillari |
| Alifbosi | Arab alifbosi |
| Til kodlari | |
| ISO 639-2 | bal |
| ISO 639-3 | bal |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, baluj tili haqida ma’lumot. baluj tili nima? baluj tili nimani anglatadi?