Hamidjon Xalikovich Neʼmatov — Oʻzbekistonlik huquqshunos va davlat arbobi, 2009-yil avgustdan 2011-yil 5-noyabrgacha Fargʻona viloyati Hokimi boʻlib ishlagan.
| Hamidjon Neʻmatov | |
|---|---|
| Mansab davri 2009-yil – 2011-yil | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Mamat Gʻofurov |
| Vorisi | Shuhrat Gʻaniyev |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi boshligʻi, Fargʻona viloyati prokurori va Oʻzbekiston Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2009-yil avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Fargʻona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2010-yil 19-yanvarda u lavozimiga tasdiqlandi. 2011-yil 5-noyabrda u viloyat deputatlari Kengashi tomonidan lavozimidan chetlashtirildi. 2011-yil 5-noyabrdan Hamidjon Neʼmatovning oʻrnini Shuhrat Gʻaniev egalladi.
Mukofotlari
Hamidjon Ne'matov 2004-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni va 2010-yilda „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, hamidjon neʼmatov haqida ma’lumot. hamidjon neʼmatov nima? hamidjon neʼmatov nimani anglatadi?
