Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Bolonya universiteti (italyancha: Università di Bologna) — Yevropadagi qadimgi universitetlardan biri. Italiyaning Bolonya shahrida joylashgan. 1088-yili Bolony

Bolonya universiteti

Bolonya universiteti (italyancha: Università di Bologna) — Yevropadagi qadimgi universitetlardan biri. Italiyaning Bolonya shahrida joylashgan. 1088-yili Bolonya shahrida asos solingan. 12—15-asrlarda mashhur boʻlgan; 13-asrda untdagi oʻquvchilar soni 10 mingga yetgan. Bolonya universiteti yuridik, siyosiy fanlar, iqtisodiyot va tijorat, falsafa va sanʼat, pedagogika, tibbiyot, dorishunoslik, kimyo, muhandislik, qishloq xoʻjaligi, veterinariya va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bolonya universitetida 60 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Universitet kutubxonasida 1 mln.ga yakin asar saqlanadi.

Bolonya universiteti
Xalqaro nomi
italyancha: Università di Bologna
Asos solingan sanasi 1088

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bolonya universiteti haqida ma’lumot. bolonya universiteti nima? bolonya universiteti nimani anglatadi?

Yuqori