Boysun bekligi yoki Boysun viloyati – Buxoro amirligining Sharqiy Buxorodagi maʼmuriy-hududiy birligi (hozirgi Oʻzbekiston hududi), markazi Boysun shahri boʻlgan. Dastlab mustaqil boʻlgan, XIX asrning 2-yarmida amir Muzaffar tomonidan amirlik tarkibiga qoʻshib olingan.
|
| ||
| Mamlakat | | |
|---|---|---|
| Tegishli | Sharqiy Buxoro | |
| Tarkibida | Boysun, Yaumchi, Rabot, Darband, Sayrob, Xatak, Zarabogʻ, Poshxurd, Buzravot, Kakaydi | |
| Maʼmuriy markazi | Boysun | |
| Bekor qilingan sanasi | 1920-yil | |
| Xaritada | ||
Boysun bekligi tarkibiga: Boysun, Yaumchi, Rabot, Darband, Sayrob, Xatak, Zarabogʻ, Poshxurd, Buzravot, Kakaydi amlokliklaridan iborat boʻlgan. Boysun bekligi hududining kattaligi jihatidan vohada yetakchi oʻrinda turgan. XIX arning 70-yillarida beklikda amirlikning 300 navkari joylashtirilgan. XIX asr 80-yillarida Boysun, Sherobod, Denov, Baljuvon, Koʻlob, Qoʻrgʻontepa va Qabodiyon bekliklari amirning qarindoshi Hisor begi Ostonaqulbekka boʻysungan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, boysun bekligi haqida ma’lumot. boysun bekligi nima? boysun bekligi nimani anglatadi?
