Gurbanguli Berdimuhamedov (turkmancha: Gurbanguly Berdimuhamedow; 1957-yil, 29-iyun, Babarap qishlogʻi, Turkmaniston SSR) — Turkmanistonning ikkinchi prezidenti. Berdimuhamedovning asli kasbi Sogʻliqni saqlash ministri boʻlib, u 2006-yili 21-dekabrda avvalgi prezident Saparmurat Niyozov vafotidan soʻng prezident vazifasini bajara boshlagan. 2007-yil 14-fevralda prezident etib saylangan.
| Gurbanguli Malikguliyevich Berdimuhamedov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 21-dekabr 2006-yil – 19-mart 2022-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Saparmurot Niyozov |
| Vorisi | Serdar Berdimuhamedov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 29-iyun 1957-yil Babarab, Turkman SSR |
| Siyosiy partiyasi | TDP |
| Turmush oʻrtogʻi | Ogulgerek Berdimuhamedova |
| Bolalari | 4 nafar (jumladan Serdar Berdimuhamedov) |
| Onasi | Ogulabat Kurrayeva |
| Otasi | Malikguli Berdimuhamedov |
| Ilmiy unvoni | Tibbiyot fanlar nomzodi |
| Mukofotlari |
|
| Unvoni | Armiya generali |
Taʼlimi
Berdimuhamedov 1979-yilda Turkman davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Shuningdek, u Moskvada tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Siyosiy yuksalishi
1995-yilda Saparmurot Niyozov davrida Sogʻliqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi stomatologiya markazi boshligʻi boʻldi. U 1997-yilda hukumatga Sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlangan va qoʻshimcha ravishda Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari lavozimiga oʻxshash lavozimga tayinlangan.
2007-yil 14-fevralda prezident etib saylangan. 2022-yil 12-martda Turkmanistonda prezidentlik saylovi oʻtkazildi. 2022-yil 19-martda Gurbanguli Berdimuhamedov lavozimidan istefoga chiqdi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gurbanguli berdimuhamedov haqida ma’lumot. gurbanguli berdimuhamedov nima? gurbanguli berdimuhamedov nimani anglatadi?
