Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Garvard universiteti — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi qadimiy va taniqli universitetlardan biri. 1636-yilda kollej sifatida tashkil etilgan. Boston shahri yaqini

Harvard universiteti

Garvard universiteti — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi qadimiy va taniqli universitetlardan biri. 1636-yilda kollej sifatida tashkil etilgan. Boston shahri yaqinidagi Kembrij shahrida joylashgan. 1639-yildan kollejga oʻz mulkining yarmi va kutubxonasini vasiyat qilib qoldirgan ingliz vaziri, sanʼat bakalavri J. Garvard nomi bilan ataladi. 19-asrning 1-choragida universitetga aylantirilgan. Universitet ijtimoiy, tabiiy va yuridik fanlar, tibbiyot, pedagogika, amaliy fizika, siyosiy iqtisod, muhandislik va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 20 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1638-yil tashkil etilgan) da 8 millionga yaqin asar saqlanadi.

Garvard universiteti
lotincha: Universitas Harvardiana
Turi xususiy universitet
Asos solingan sanasi 1636-yil
Prezidenti Lorens S. Bekau
Fakultetlar 4,671
Talabalari 19,819
Magistratura 6,699
Aspirantura 13,120
Joylashuvi
Kembrij, Massachusets
,
AQSh
Kampusi Urban
Veb-sayti harvard.edu

Rektorlari

  • Nataniel Iton (1637-1639)
  • Genri Danster (1640-1654)
  • Charlz Chonsi (1654-1672)
  • Leonard Xoar (1672-1675)
  • Urian Ouks (prezident, 1675-1680; rektor, 1680-1681)
  • Jon Rojers (1682-1684)
  • Inkris Mater (prezident vazifasini bajaruvchi, 1685-1686; rektor, 1692-1701)
  • Samuel Uillard (prezident vazifasini bajaruvchi, 1701-1707)
  • Jon Leverett (1708-1724)
  • Benjamin Uadsuort (1725-1737)
  • Edvard Xolyok (1737-1769)
  • Samuel Lokk (1770-1773)
  • Samuel Langdon (1774-1780)
  • Jozef Uillard (1781-1804)
  • Eliphalet Person (prezident vazifasini bajaruvchi, 1804-1806)
  • Samuel Uebber (1806-1810)
  • Jon Tornton Kirkland (1810-1828)
  • Josiah Kuinsi (1829-1845)
  • Edvard Everett (1846-1849)
  • Jared Sparks (1849-1853)
  • Jeyms Uoker (1853-1860)
  • Kornelius Konvey Felton (1860-1862)
  • Tomas Xill (1862-1868)
  • Charlz Uilyam Eliot (1869-1909)
  • Abbott Lorens Louell (1909-1933)
  • Jeyms Brayant Konant (1933-1953)
  • Natan Marsh Pusi (1953-1971)
  • Derek Kertis Bok (1971-1991)
  • Nil L. Rudenstine (1991-2001)
  • Lorens X. Sammers (2001-2006)
  • Dryu Gilpin Faust (2007-hozirgacha)

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, harvard universiteti haqida ma’lumot. harvard universiteti nima? harvard universiteti nimani anglatadi?

Yuqori