Michelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni (italyancha: mikeˈlandʒelo di lodoˈviːko ˌbwɔnarˈrɔːti siˈmoːni), Michelangelo (oʻzbekcha: Mikelanjelo) nomi bilan ham tanilgan. Italyan haykaltaroshi, rassomi, meʼmori va shoiri edi. Uyg‘onish davrining eng nufuzli va iste’dodli san’atkorlaridan biri. Uning ijodi G‘arb dunyosida Rim imperiyasi inqirozidan keyingi eng katta madaniy o‘zgarishlar yuz bergan davr bilan bog‘liq. Uyg‘onish davri san’at, ilm-fan, siyosat va diniy qarashlarda sezilarli yangilanishlar olib keldi. Michelangelo bu jarayonning faol namoyandalaridan bo‘lib, katta mehnat va ijodiy kuch bilan ishlagan.
| Michelangelo (Mikelanjelo) | |
![]() Daniele da Volterra chizgan portreti | |
| Haqiqiy ismi | Michelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni |
| Tavalludi | 6-mart, 1475-yilda Capreso qishlog'ida tug'iladi (hozirgi Italiya, Toskana) |
| Vafoti | 18-fevral, 1564 Rim, Italiya |
| Sohasi | Haykaltaroshlik, rassomchilik, meʼmorchilik, sheʼriyat |
| Oqim | Uyg'onish davri, Manyerizm |
| Mashhur suratlari | Pietà (1498–1499) David (1501–1504) |
Uning dastlabki yirik asarlaridan, Vatican uchun yaratilgan Pietà haykali va Florensiya shahriga bag‘ishlangan David haykali uning iste’dodini keng tanitdi. Michelangeloning rasmlari va freskalari ko‘pincha antik va mifologik mavzularga asoslanadi. U anatomik aniqlik va badiiy uyg‘unlikni birlashtira olgani bilan Yuksak Uyg‘onish san’atining yetakchi namoyandalaridan biri hisoblanadi.
Michelangelo 1475-yil 6-martda Toskana viloyatining Arezzo yaqinidagi Caprese qishlog‘ida tug‘ilgan. U hayoti davomida tan olingan ilk yevropalik rassomlardan biri bo‘lib, uning tarjimai holi ham u hali tirik paytida chop etilgan. Michelangelo haqida ikkita biografiya yozilgan, ulardan biri Giorgio Vasari tomonidan yaratilgan. Vasari Michelangeloni Uyg‘onish davri boshlanganidan beri eng buyuk san’atkor sifatida ta’riflagan. U 16-asrda ijodi eng yaxshi hujjatlashtirilgan san’atkorlardan biri hisoblanadi va G‘arb san’ati taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Michelangelo va Leonardo da Vinci o‘z davrining yirik shaxslaridan bo‘lib, san’atga nisbatan qarashlari keskin farqlanganiga qaramay, ular o‘rtasida o‘zaro hurmat va tushunish mavjud bo‘lgan.
San’atga kirib kelishi
6 yoshida Michelangelo Florensiyadagi grammatik maktabga yuborildi, biroq u maktabga qiziqish bildirmadi. U yaqin atrofdagi cherkovlarda ishlayotgan rassomlarni kuzatishni va ko‘rganlarini chizishni afzal ko‘rardi. Otasi uning oilaviy moliya ishlariga qiziqmasligini anglab, uni rassom Ghirlandaio ustaxonasiga shogirdlikka berishga rozi bo‘ldi. O‘sha paytda Michelangelo 13 yoshda edi. U mashhur florensiyalik rassomning ustaxonasida fresko texnikasi va chizmachilik asoslarini o‘rgandi.
Michelangelo ustaxonada atigi bir yil ishladi, so‘ng Lorenzo de' Medici saroyiga ko‘chib o‘tdi. U yerda klassik haykaltaroshlikni o‘rgandi. Mashhur haykaltarosh Bertoldo di Giovanni qo‘l ostida tahsil oldi va Giotto, Masaccio, Donatello kabi o‘tgan asr ustalarining asarlarini, shuningdek qadimgi Yunon va Rim san’atining durdonalarini o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi. Bu asarlar Medici’larning katta to‘plamida saqlangan edi. U shu davrda Poliziano, Marsilio Ficino va Pico della Mirandola kabi o‘z zamonasining ko‘plab san’atkorlari, faylasuflari va yozuvchilari bilan tanishdi. Michelangelo Medici saroyida bo‘lgan yillarida haykaltarosh sifatidagi ilk buyurtmalarini bajardi: marmardan ishlangan Madonna of the Stairs va Battle of the Centaurs. Ikkala asar ham yosh san’atkor uchun nihoyatda yetuk va murakkab ishlar edi. Aynan shu davrda u inson gavdasini tasvirlash bo‘yicha katta mahoratga ega bo‘ldi: hayotdan chizish, anatomiya o‘rganish bilan shug‘ullandi. Katolik cherkovidan maxsus ruxsat olib, u anatomiyani chuqur o‘rganish uchun inson jasadlarini tahlil qilgan, ammo bunday ishlar uning sog‘lig‘iga zarar yetkazgan.
Bolonya va ijodiy o‘zgarishlar
Lorenzo de Medici 1492-yil 8-aprelda vafotidan so‘ng Michelangelo saroyni tark etdi. Michelangeloning hayoti keskin o‘zgardi. U Medici saroyidagi himoyadan ayrilib, otasining uyiga qaytdi. Keyingi oylar davomida u 1493-yilda polixrom yog‘ochdan yasalgan Crucifixni yaratdi. Bu asar Florensiyadagi Santo Spirito cherkovi prioriga sovg‘a qilingan bo‘lib, cherkov shifoxonasidagi jasadlar ustida anatomiya o‘rganishiga ruxsat berilgani uchun minnatdorlik sifatida ishlangan.
1493–1494-yillar oralig‘ida Michelangelo marmar blok sotib olib, hayotiy o‘lchamdan katta Hercules haykalini yaratdi. 1494-yil 20-yanvarda kuchli qor yog‘ganidan so‘ng, Lorenzo’ning merosxo‘ri Piero de Medici undan qor haykali yasashni buyurdi va Michelangelo yana Medici saroyiga qaytdi. Shu yilning o‘zida Savonarolaning kuchayishi oqibatida Medici oilasi Florensiyadan quvildi. Siyosiy vaziyat keskinlashmasidan oldin Michelangelo shahardan chiqib ketdi va avval Venetsiya, keyin Bolonyaga yo‘l oldi.
Bolonyada Michelangelo Arca di San Domenico uchun bir nechta kichik haykallar yasadi. U shu yerda Basilica di San Petronio kirish qismidagi Jacopo della Quercianing relyeflarini o‘rgandi. Bu relyeflardan biri The Creation of Eve keyinchalik Michelangeloning Sistine Chapel shiftidagi kompozitsiyasiga ta’sir ko‘rsatdi.
1495-yil oxirida Florensiyadagi siyosiy vaziyat tinchladi. Fransiya xavfi ortda qolgach, Michelangelo shaharga qaytdi, lekin Savonarola boshchiligidagi yangi hukumatdan buyurtma olmadi. U yana Medicilar bilan ishlay boshladi. Florensiyada bo‘lgan muddatida u ikki kichik haykal yaratdi: St. John the Baptist va uxlayotgan Cupid. Condivining yozishicha, Lorenzo di Pierfrancesco de' Medici Cupid haykalini “ko‘milgan kabi” qilishni so‘ragan, shunda uni Rimda qadimgi asar sifatida sotish mumkin bo‘lgan. Ammo vositachi haykalni asl qiymatdan ancha arzon sotib, Michelangelo va Lorenzoni aldab ketgan. Haykalni sotib olgan Cardinal Raffaele Riario uning qadimgi emasligini bilib qolgan, lekin sifatidan juda hayratlanib, Michelangeloni Rimga taklif qilgan. Shu taklif va Florensiyadagi vaziyat Michelangeloni Rimga borishga undagan.
Rimdagi ijod
Michelangelo 1496-yil 25-iyun kuni, 21 yoshida Rimga keldi. O‘sha yilning 4-iyul kuni u Cardinal Riario uchun buyurtma ustida ishlay boshladi. Rim vino xudosi Bacchusning hayotiy o‘lchamdan katta haykali edi. Haykal tugagach, kardinal uni qabul qilmadi va asar keyinroq bankir Jacopo Gallining bog‘ kollektsiyasiga o‘tdi.
1497-yil noyabrdagi Fransiya elchisi Cardinal Jean de Bilhères-Lagraulas Michelangeloga Pietà haykalini buyurdi. Bu haykal Mariyam Isoning jasadi ustida motam tutayotganini tasvirlaydi. Syujet Bibliyada bevosita keltirilmagan bo‘lsa-da, o‘rta asr Shimoliy Yevropa diniy san’atida keng tarqalgan edi. Shartnoma kelasi yilning avgustida imzolandi. Michelangelo haykalni tugatganida 24 yoshda edi. Pietà qisqa vaqt ichida dunyo haykaltaroshligining eng yirik durdonalaridan biri sifatida tan olindi. Zamondoshlari uni “haykaltaroshlik san’atining haqiqiy qudratini ochib bergan asar” deb baholaganlar. Vasari shunday yozgan: “Shaklsiz marmar bo‘lagini tabiatning o‘zi yaratishga qiynaladigan darajadagi mukammallikka yetkazganini mo‘jiza desa bo‘ladi.” Pietà — Michelangeloning imzo qo‘yilgan yagona asari bo‘lib, uning imzosi Maryamning tasmasida joylashgan. Bugungi kunda haykal Avliyo Pyotr soborida saqlanadi.
Asarlari
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, michelangelo haqida ma’lumot. michelangelo nima? michelangelo nimani anglatadi?
