Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sherali Turdiyev — (1933, Zomin tumani — 2011, Toshkent) adabiyotshunos, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi (1969), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushm

Sherali Turdiyev

Sherali Turdiyev — (1933, Zomin tumani — 2011, Toshkent) adabiyotshunos, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir aʼzosi (1969), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1993).

Sherali Turdiyev
Tavalludi 1933-yil
Zomin tumani, Beshbuloq qishlogʻi
Vafoti 2011-yil, 18-mart
Toshkent
Mukofotlari „Mehnat shuhrati“ ordeni

Faoliyati

Oʻrta Osiyo davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ni tugatgan (1957). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida ishlagan. XX asr boshi va 1920—1930 yillar oʻzbek adabiyotining Behbudiy, Qodiriy, Ziyo Said singari namoyondalari asarlarini toʻplash va nashr etishda faol qatnashgan.

Asarlari

„Oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligi bibliografiyasi“ (hammuallif, 1967), „Hayotbaxsh taʼsirlar“ (1977), „Oʻzbek adabiyotida kichik epik janrning shakllanishi“ (1978), „Adabiy hamkorliklar samarasi“ (1985) kabi kitob va risolalar muallifi.

Mukofotlari

„Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan (1999). U haqda „Fidoyi olim“ hujjatli filmi ishlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sherali turdiyev haqida ma’lumot. sherali turdiyev nima? sherali turdiyev nimani anglatadi?

Yuqori