Qishki saroy (ruscha: Зимний дворец, Дворец Искусств ) - Sankt-Peterburg shahridagi meʼmoriy yodgorlik (1754—62, meʼmori V.V.Rastrelli); barokko uslubida qurilgan. 1917-yilgacha Rossiya imperatorlarining qarorgohi boʻlgan; 1918-yilda qisman, 1922-yilda butunlay bino Ermitaj ixtiyoriga berilgan. Bino toʻrtburchak shaklida ichki hovlili; tarzlari Neva daryosi, Admiralteystvo hamda Saroy maydoniga qaragan. Mahobatli bino hashamdor va bir oʻq yoʻnalishida joylashgan; oʻlchamlari (1000 dan ortiq xona) va turlicha koʻrinishdagi tarzlari, oʻtkir chiqib turgan qismlar, zinapoyasimon burchaklar, oʻzgaruvchan maromdagi ustunlar unga qudratli shakl, salobatlilik va koʻrkamlik baxsh etgan; oʻymakorlik, ganchkorlik bilan ishlanib, zarhallanganligi binoning tantanavorligini oshirgan. Interyerlari bir qancha marotaba qaytadan oʻzgartirilgan (mas, 1837-yildagi yongʻindan soʻng tarzlari va tantanalar zali taʼmirlangan).

Yana qarang
- Ermitaj
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qishki saroy haqida ma’lumot. qishki saroy nima? qishki saroy nimani anglatadi?