Subekvatorial mintaqalar - Yerning har ikki yarim sharidagi geografik mintaqalar. Ekvatorial mintaqa va tropik mintaqa orasida joylashgan. Havo massalari mavsum boʻyicha oʻzgaradi: yozda ekvatorial, qishda tropik havo (passatlar) hukmron. Oʻrtacha oylik tralar 15°dan 32° gacha. Yillik yogin 200 mm dan 2000 mm gacha. Landshaft zonalari meridional yoʻnalishda oʻzgaradi: doim nam oʻrmonlar, tipik savanna, choʻllashgan savanna va siyrak oʻrmonlar. Togʻlarda oʻrmonyaylov va oʻrmondasht balandlik mintaqalari mavjud. Tuproqlari podzollashgan laterit tuprokdan qizilqoʻngʻir savanna tuproklargacha uzgaradi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, subekvatorial mintaqalar haqida ma’lumot. subekvatorial mintaqalar nima? subekvatorial mintaqalar nimani anglatadi?