Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Andijon tumani – Andijon viloyatining markaziy qismida joylashgan tuman. U 1926-yil 29-sentyabrda tashkil topgan. Andijon tumani aholi soni 292 600 kishini tash

Andijon tumani

Andijon tumani – Andijon viloyatining markaziy qismida joylashgan tuman. U 1926-yil 29-sentyabrda tashkil topgan. Andijon tumani aholi soni 292 600 kishini tashkil etib, 1 kilometr kvadrat yer maydoniga oʻrtacha 790,8 kishi toʻgʻri keladi (26.03.2025 holatiga). Yer maydoni 0,4 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi (10.04.2025 holatiga).

Andijon tumani
Андижанский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Kuyganyor
Asos solingan sanasi 1926-yil 29-sentyabr
Hokim Bobur Bahodirovich Yuldashev
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeksi +998-74-
Internet domeni uz
Avtomobil raqami kodi 60
Xaritada
Andijon tumani xaritada
40°52′0.1″N 72°19′0.1″E / 40.866694°N 72.316694°E / 40.866694; 72.316694

Joylashuvi

Andijon tumani Jalaquduq, Xoʻjaobod, Asaka, Oltinkoʻl, Baliqchi, Izboskan va Paxtaobod tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,38 ming kilometr kvadratni tashkil qiladi. Andijon viloyati Andijon tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra tumandagi shaharcha va qishloqlarlarining umumiy perimetri 557622 metr umumiy maydoni 34570,63 gektar ekanligi aniqlangan.

Maʼmuriy boʻlinishi

Andijon tumanida 19 ta shaharcha, 17 ta qishloq aholi punktlari hamda 76 ta mahalla fuqarolar yigʻini mavjud.

Shaharchalar:

  • Kuyganyor shaharchasi umumiy perimetri 11855 metr, umumiy maydoni 255,01 gektar;
  • Choʻngbogʻish shaharchasi umumiy perimetri 7207 metr, umumiy maydoni 170,66 gektar;
  • Qoraqalpoq shaharchasi umumiy perimetri 9682 metr, umumiy maydoni 160,57 gektar;
  • Yangiobod shaharchasi umumiy perimetri 18092 metr, umumiy maydoni 183,97 gektar;
  • Gulobod shaharchasi umumiy perimetri 7471 metr, umumiy maydoni 127,57 gektar;
  • Boʻtaqora shaharchasi umumiy perimetri 17974 metr, umumiy maydoni 424,54 gektar;
  • Chilon shaharchasi umumiy perimetri 8451 metr, umumiy maydoni 101,34 gektar;
  • Guliston shaharcha umumiy perimetri 10257 metr, umumiy maydoni 242,95 gektar;
  • Xartum shaharchasi umumiy perimetri 14538 metr, umumiy maydoni 387,03 gektar;
  • Zavroq shaharcha umumiy perimetri 9678 metr, umumiy maydoni 139,73 gektar;
  • Ogʻullik shaharcha umumiy perimetri 9418 metr, umumiy maydoni 230,49 gektar;
  • Rovvot shaharchasi umumiy perimetri 3165 metr, umumiy maydoni 64,54 gektar;
  • Gumbaz shaharchasi umumiy perimetri 5613 metr, umumiy maydoni 68,33 gektar;
  • Qoʻnji shaharchasi umumiy perimetri 6710 metr, umumiy maydoni 136,60 gektar;
  • Ayrilish shaharchasi umumiy perimetri 8274 metr, umumiy maydoni 247,99 gektar;
  • Ekin-tikin shaharchasi umumiy perimetri 8219 metr, umumiy maydoni 217,83 gektar;
  • Qoʻshariq shaharchasi umumiy perimetri 7590 metr, umumiy maydoni 217,01 gektar;
  • Oqyor shaharchasi umumiy perimetri 5773 metr, umumiy maydoni 154,44 gektar;
  • Bobur shaharchasi

Qishloqlar:

  • Oqyor qishlogʻi umumiy perimetri 26901 metr, umumiy maydoni 1109,73 gektar;
  • Kuyganyor qishlogʻi umumiy perimetri 14163 metr, umumiy maydoni 553,90 gektar;
  • Oydinbuloq qishlogʻi umumiy perimetri 39959 metr, umumiy maydoni 5062,00 gektar;
  • Orol qishlogʻi umumiy perimetri 29256 metr, umumiy maydoni 2812,97 gektar;
  • Xrabek qishlogʻi umumiy perimetri 55986 metr, umumiy maydoni 8209,61 gektar;
  • Xartum qishlogʻi umumiy perimetri 54764 metr, umumiy maydoni 2219,55 gektar;
  • Boʻtaqora qishlogʻi umumiy perimetri 57484 metr, umumiy maydoni 3157,14 gektar;
  • Yorboshi qishlogʻi umumiy perimetri 29362 metr, umumiy maydoni 2214,72 gektar;
  • Qoʻnji qishlogʻi umumiy perimetri 25868 metr, umumiy maydoni 1531,14 gektar;
  • Xakan qishlogʻi umumiy perimetri 53911 metr, umumiy maydoni 4169,25 gektar;

Geografiyasi

Andijon tumani relyefi pasttekksilik, qir va adirlardan iborat. Shimoli-sharqida Andijon-Otchopar, Teshiktosh adirlari va Xarabek, Boʻtaqora, Yorboshi qirlari mavjud. Tumanning shimoliy va shimoli-sharqidan Qoradaryo, Andijonsoy daryolari oqib oʻtadi. Sovuqbuloq bulogʻi, Usmon Yusupov nomidagi Katta Fargʻona kanali, Quyi Ulugʻnor kanali, Kuyganyor nasos stansiyasi, Koʻtarma nasos stantsiyasi, Chinobod, Asaka tashlamalari mavjud. Tuman adir qismining tuprogʻi arziq, qolgan yerlarda boʻz tuproq. Bahorda adirlar efеmеr oʻsimliklar bilan qoplanadi. Ekin ekilmaydigan yerlarda shuvoq-shoʻra oʻsadi. Yovvoyi hayvonlar kam uchraydi. Sudraluvchilar, kеmiruvchilar va qushlar ham bor.

Iqlimi

Iqlimi – keskin kontinental. Iyul oyining oʻrtacha harorati – 27,3°, yanvar oyida esa minus 3° darajagacha boʻlishi mumkin. Vegetatsiya davri – 160-180 kun davom etadi. Tumanda yiliga oʻrtacha 225 mm yogʻingarchilik kuzatiladi.

Aholisi

Aholisi 177,3 ming kishi (2000). Tuman aholisining milliy tarkibi – oʻzbeklar; rus, tojik, uygʻur, qirgʻiz va boshqa millat vakillarni tashkil etadi. Har 1 kv.km.ga 465 kishi toʻgʻri keladi. 10,2 ming kishi shaharda, 163,1 ming aholi qishloqlarda istiqomat qiladi.

Iqtisodiyoti

Tuman xoʻjaligining aosiy qismi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Shuningdek, sanoat, transport, aloqa korxonalari faoliyat yuritadi. Korxona xoʻjaliklari paxtachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, gʻallachilik, polizchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda 10ta qoʻshma korxona, 114ta kichik korxona, 14ta aksiyadorlik jamiyati, 74ta xususiy hamda 10ta shirkat korxonalari mavjud. Qishloq xoʻjaligining eng asosiy tarmogʻi – paxtachilik. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 12,0 ming gektar, shu jumladan 5,8 ming gektar yerga paxta, 0,5 ming gektar yerga sabzavot, 1,2 ming gektar yerga beda, 0,2 ming gektar yerga sholi mahsulotlari ekiladi, 0,2 ming gektar yer bogʻdan iborat. Andijon tumanida 15ta shirkat xoʻjaligi, 9ta xoʻjaliklararo korxona, 1 nafar urugʻchilik xoʻjaligi, 116ga yaqin fermer xoʻjaligi va agrofirma bor. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 37,2 ming qoramol, 37,7 ming qoʻy va echki, 48,1 ming parranda yetishtiriladi.

Madaniyati

Andijon tumanida Andijon qishloq xoʻjaligi instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining sugʻoriladigan yerlarda gʻalla va dukkakli oʻsimliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti(1999) joylashgan. Bundan tashqari tumanda Andijon viloyat nasos stansiyasi, viloyat sabzavot va nav urugʻlari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati va qishloq xoʻjaligini kimyolashtirish markazi(laboratoriya) ish olib boradi. 1999-yil 2-sentyabrda Oqyor sanoat kasb-hunar kolleji binosi qurib, bitkazilib ishga tushirish uchun topshirildi. Kollejda 280 nafarga yaqin oʻquvchi tahsil oladi(2000). 2000-yilda akademik litsey ham tashkil etildi. 1999—2000 oʻquv yilida 53dan ortiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari mavjud boʻlib, ularda 39,6 ming oʻquvchi taʼlim oladi. Tumanda maxsus gimnaziya va 3ta litsey mavjud. Shuningdek, 1465 oʻrinli kasalxona va dispanser mavjud boʻlib, ularda 94 nafar shifokor, 458ta oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim faoliyat yuritadi.

1962-yildan buyon „Andijon tongi“ tuman gazetasi bosib chiqariladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, andijon tumani haqida ma’lumot. andijon tumani nima? andijon tumani nimani anglatadi?

Yuqori