Alixan Asxanovich Smailov (qozoqcha: Әлихан Асханұлы Смайылов; 1972-yil 18-dekabrda tugʻilgan, Olma-Ota, Qozogʻiston SSR, SSSR) – qozoq davlat va siyosiy arbobi, sobiq Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri (2022—2024).
| Alixon Asxanovich Smayilov | |||
|---|---|---|---|
qozoqcha: Әлихан Асханұлы Смайылов | |||
![]() | |||
| Mansab davri 11-yanvar 2022 (v.b 5 – 11-yanvar 2022, 29 – 30-mart 2023) – 6-fevral 2024-yil | |||
| Prezident | Qosim-Joʻmart Toqayev | ||
| Oʻtmishdoshi | Asqar Mamin | ||
| Vorisi | Roman Sklyar Oʻljas Bektenov | ||
| Mansab davri 18-yanvar 2021-yil – 11-yanvar 2022-yilgacha | |||
| Prezident | Qosim-Joʻmart Toqayev | ||
| Bosh vazir | Asqar Mamin | ||
| Vorisi | Roman Sklyar | ||
| Mansab davri 18-sentabr 2018-yil – 18-may 2020-yil | |||
| Prezident | Nursulton Nazarboyev Qosim-Joʻmart Toqayev | ||
| Oʻtmishdoshi | Baxt Sultanov | ||
| Vorisi | Jamaubayev Erulan | ||
| Mansab davri noyabr 1999-yil – fevral 2003-yil | |||
| Shaxsiy maʼlumotlari | |||
| Tavalludi | 18-dekabr 1972-yil Almati shahri, Qozoq SSR, SSRI | ||
| Onasi | Anarkul Tayjanova | ||
| Otasi | Smayilov Asxan Smayilovich | ||
| Mukofotlari | | ||
Biografiyasi
1994-yilda Al-Farobiy nomidagi Qozoq davlat milliy universitetini amaliy matematika mutaxassisligi boʻyicha, 1996-yilda esa Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozogʻiston menejment, iqtisodiyot va prognozlash institutini „Davlat boshqaruvi magistri“ darajasini olgan. 2022-yil 5-yanvarda Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2022-yil 11-yanvarda Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga tayinlangan.
Karyerasi
- „A-Invest“ investitsiya va xususiylashtirish fondi xodimi (1993-1995);
- Almati shahar hokimligi savdo-sanoat boshqarmasi bosh mutaxassisi (1995-1996);
- Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Oliy xoʻjalik kengashi stajyori (1996);
- Qozogʻiston Respublikasi Milliy statistika agentligi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi (1996-yil avgust – 1998-yil mart);
- Qozogʻiston Respublikasi Statistik rejalashtirish va islohotlar agentligining statistika va tahlil qoʻmitasi raisining oʻrinbosari (1998-yil mart – 1998-yil aprel);
- Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining bosh eksperti, sektor mudiri (1998-1999);
- Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashkiliy-nazorat boʻlimi davlat inspektori (1999-yil avgust – noyabr);
- Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi raisi (1999-yil noyabr – 2003-yil fevral);
- Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari (2003-yil fevral – 2003-yil);
- Eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurtalash davlat sugʻurta kompaniyasi" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi (2003-2006);
- Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (2006-yil fevral – 2007-yil yanvar);
- „Kazagro“ Milliy xoldingi AJ prezidenti (2007-yil yanvar – 2008-yil noyabr);
- Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari (2008-yil 21-noyabr – 2009-yil oktyabr);
- Qozogʻiston Respublikasi Statistika agentligi raisi (2009-yil 27-oktabr – 2014-yil 13-avgust);
- Qozogʻiston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Statistika qoʻmitasi raisi (2014-yil avgust – 2015-yil dekabr);
- Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi (2015-yil 11-dekabr – 2018-yil 18-sentabr);
- Qozogʻiston Respublikasi moliya vaziri (2018-yil 18-sentabrdan boshlab)
- Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri (2022-yil 11-yanvardan)
Mukofotlari
- Medallar: „Mashaqqatli mehnati uchun“, „Qozogʻiston mustaqilligiga 10 yil“, „Qozogʻiston Konstitutsiyasiga 10 yil“, „Ostona shahriga 10 yil“, „Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini yaratishga qoʻshgan hissasi uchun“, II darajali (05/08/2015).
- Orden „Parasat“ (2020).
Oilasi
- Otasi: Smailov Asxan Smailovich, Almati shahridagi 17-sonli poliklinikaning sobiq bosh shifokori.(1948-yil 17-iyunda tugʻilgan)
- Onasi: Anarkul Tayjanova (1947-yil 4-noyabrda tugʻilgan)
Alixan Smailov uylangan va uch farzandi bor: Asxan Ayizere Alixanqizi (2013-yil 1-martda tugʻilgan), Asxan Janiya Alixanqizi (2015-yil 20-iyulda tugʻilgan), Asxan Alisulton Alixanuli (2018-yil 10-sentabrda tugʻilgan)
- Xotini: Smailova Baljan Duanbekovna (1987-yil 1-sentyabrda tugʻilgan)
- Opasi: Abildaeva Toʻlqin Asxanovna (1969-yil 29-iyunda tugʻilgan)
- Ukasi: Smailov Erjan Asxanovich (1983-yil 10-sentyabrda tugʻilgan).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alixan smailov haqida ma’lumot. alixan smailov nima? alixan smailov nimani anglatadi?

