Poʻlat (forscha: پولاد) — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar va xotin-qizlar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
| Poʻlat | |
|---|---|
| (forscha: پولاد) | |
| Jins | uniseks |
| Ota ismi | Poʻlat oʻgʻli, Poʻlatovich Poʻlat qizi, Poʻlatovna |
| Ayollar uchun shakli | Poʻlatxon |
| Yasama shakllari | Poʻlatjon, Poʻlatxon, Poʻlatxoʻja |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar | forscha: پولاد |
| Bogʻliq maqolalar: | „Poʻlat“dan boshlanuvchilar „Poʻlat“dan boshlab barcha maqolalar |
Taniqli shaxslar
- Poʻlatxon — 1875—76-yillarda Qoʻqon xonligida koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni rahbari;
- Poʻlat Abdullaev — sovet va rus diplomati;
- Poʻlat Abdurahmonov — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi, iqtisod fanlari nomzodi, Samarqand viloyatining birinchi hokimi (1992—1995);
- Poʻlat Bobojonov — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri (2017—2025) hamda Xorazm viloyati hokimi (2012—2017) boʻlgan;
- Poʻlat Habibullayev — fizik olim va jamoat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1984). SSSR (1991-yildan Rossiya) Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), fizika-matematika fanlari doktori (1971), professor (1972);
- Poʻlat Hasanov — nazariy elektrotexnika sohasidagi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), texnika fanlari doktori (1975), professor (1977);
- Poʻlat Madreimov — baletmeyster. Oʻzbekiston xalq artisti (1977);
- Poʻlat Moʻmin — bolalar shoiri. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1992). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983);
- Poʻlat Qayumov — sovet va o‘zbek davlat arbobi;
- Poʻlat Rasulov — kinooperator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967);
- Poʻlat Saidqosimov — oʻzbekistonlik aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1979);
- Poʻlat Sanaxanov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995);
- Poʻlat Yoqubov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1997);
- Poʻlat Yusupov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi;
- Poʻlat Zohidov — oʻzbekistonlik meʼmor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan meʼmor (1976);
- Poʻlat Zokirov — geobotanik, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1989), biologiya fanlari doktori (1971), professor (1983);
- Poʻlatjon Nosirov — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston qishloq xujaligi Fanlar akademiyasi akademik (1992), iqtisod fanlari doktori (1987), professor (1991);
- Poʻlatjon Qayyumov — maʼrifatparvar pedagog, tarjimon. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1942);
- Poʻlatjon Sultonov — geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi (1991), dotsent (1999), geologiya-mineralogiya fanlari doktori (2017), professor (2020);
- Poʻlatxoʻja Xoldorxonov — oʻzbekistonlik futbolchi.
Familiyalar
- Poʻlatov
- Poʻlatova
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, poʻlatxoʻja haqida ma’lumot. poʻlatxoʻja nima? poʻlatxoʻja nimani anglatadi?
