Qunduz xonligi — Shimoliy Afgʻonistonda mavjud boʻlgan oʻzbek davlati (18—19-asrlar). Xonlik hududiga, shuningdek, Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi ayrim viloyatlar (Koʻlob, Qubodiyon) ham kirgan. Poytaxti Qunduz shahri boʻlgan. 19-asrning 20-yillarida Murodbek davrida nihoyatda kuchaygan. 19-asrning 50-yillarida afgʻon amiri Doʻstmuhammad tomonidan boʻysundirilgan. Qunduz xonligi hukmdorlari Qatagʻon urugʻidan boʻlib, oʻzbek urugʻlari tarkibiga kiradi. Qunduz Qoʻqon xonligi hamda Buxoro amirligi bilan har tomonlama aloqalar oʻrnatgan hamda oʻzaro ittifoqdosh boʻlgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qunduz xonligi haqida ma’lumot. qunduz xonligi nima? qunduz xonligi nimani anglatadi?