Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kabisa yil (arabcha: toʻliq) — oddiy yildan bir kun (fevral oyida) ortiq boʻlgan kalendar yil. Bunda 4 ga qoldiqsiz boʻlinadigan yilKabisa yildir (faqat ikkita

Kabisa yili

Kabisa yil (arabcha: toʻliq) — oddiy yildan bir kun (fevral oyida) ortiq boʻlgan kalendar yil. Bunda 4 ga qoldiqsiz boʻlinadigan yilKabisa yildir (faqat ikkita nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yil bundan mustasno. Masalan: 1800 , 1900, 2100-yillar Kabisa yil emas). Yer bir yil davomida oʻz oʻqi atrofida 365 kun va 6 soat aylanadi. Shu sababdan har 4 yilda 6 soatni qoplash uchun fevral oyi 29 kun, bir yil esa 366 kun deb belgilangan.

Qadimgi Eronda yil 365 kunli (12 oy 30 kundan va yana qoʻshimcha 5 kun) boʻlib, har 120 yilda bitta qoʻshimcha oy kiritilgan. Umar Xayyom kalendarida har 33 yilning 8 yili (4, 8, 12, 16, 20, 24, 28 va 33-yillari) Kabisa yili hisoblanadi. Bunda har 4500-yilda bir sutkaga teng xato yigʻiladi. Bu esa hozir qoʻllaniladigan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq (qarang Kalendar).

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kabisa yili haqida ma’lumot. kabisa yili nima? kabisa yili nimani anglatadi?

Yuqori