Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ladoga koʻli (ruscha: Ладога, fin: Laatokka; qad. nomi Nevo) — RF Yevropa qismining shim.-gʻarbidagi koʻl. Maydoni 17,7 ming km², orollari bilan birga 18,1 ming

Ladoga koʻli

Ladoga koʻli (ruscha: Ладога, fin: Laatokka; qad. nomi Nevo) — RF Yevropa qismining shim.-gʻarbidagi koʻl. Maydoni 17,7 ming km², orollari bilan birga 18,1 ming km². Oʻrtacha chuq. 51 m, eng chuqur joyi 230 m. Koʻlda 600 ga yaqin orol (yiriklari — Mantsinsari, Valaam) bor. Koʻl oʻrni tektonik yoʻl bilan paydo boʻlgan. Iqlimi moʻtadil sovuq, fevralda havoning oʻrtacha temperaturasi — 8° dan — 10° gacha, iyulniki 16°—17°. Yiliga 550 mm yogʻin tushadi. Volxov, Svir va boshqa daryolar quyilib, Neva daryosi oqib chiqadi. Koʻl suvi chuchuk. Baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Koʻl atrofi hududi sanoatlashganligi munosabati bilan suvi juda ifloslanib ketgan. Ladoga koʻli boʻyida Priozyorsk, Shlisselburg va boshqa shaharlar joylashgan.

Ladoga koʻli
ruscha: Ладога, fin: Laatokka
60°50′34″N 31°27′35″E / 60.84278°N 31.45972°E / 60.84278; 31.45972
MamlakatRossiya Rossiya

Faktlar

  • Ladoga koʻli Yevropadagi eng katta chuchuk suvli koʻl hisoblanadi.
  • Ladoga koʻliga 30 dan ortiq daryolar quyiladi va faqat bitta daryo - Neva oqib chiqadi.
  • Koʻl nomi, 13-asrda koʻlning qirgʻogʻida joylashgan shahar nomidan olingan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ladoga koʻli haqida ma’lumot. ladoga koʻli nima? ladoga koʻli nimani anglatadi?

Yuqori