Neva (fincha neva — botqoqlik) — RF Leningrad viloyatidagi daryo. Uzunligi 74 km, eni 1300 m gacha, havzasining maydoni (Ladoga, Onega koʻllari va boshqalarning xavzasi bilan birga) 281 ming km². Neva havzasining oʻzi 5000 km². Ladoga koʻlidan boshlanib, Boltiq dengizi Fin qoʻltigʻining Neva qoʻltiqchasiga quyiladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi dare quyilish joyida 2530 m³/sek. Jan.-gʻarbiy va gʻarbiy shamollar Fin qoʻltigʻi va Nevaning quyi oqimidan suvni haydaydi, natijada suv sathi koʻtariladi va ayrim vaqtlarda Sankt-Peterburgda suv toshadi. Dek.da muzlab, aprel oxiri — may boshlarida muzdan boʻshaydi. Irmoqlari: oʻngdan — Oxta; chapdan — Ijora, Tosna, M ga. Neva daryosi Rossiyadagi eng yirik suv magistrallaridan biridir. Nevada kema qatnaydi: Neva Volga—Boltiq suv yoʻlining bir qismi hisoblanadi. Nevaning deltasidagi 42 ta orolda Sankt-Peterburg shahri joylashgan.
| Neva | |
|---|---|
| |
| Tavsif | |
| Uzunligi | 74 |
| Maydoni | 281 000 km² |
| Suv sarfi | 2 500 m³/s |
| Joylashuvi | |
| |
| Davlat | Rossiya |
| Neva | |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, neva daryosi haqida ma’lumot. neva daryosi nima? neva daryosi nimani anglatadi?

