Buryat tili (buryatcha: буряад хэлэн) — buryatlar tili. Moʻgul tshlari guruhiga mansub. Buryat tilida soʻzlovchilar soni 500 mingdan ortiq (1990-yillar oʻrtalari). Grammatik kurilishiga koʻra agglyutinativ. Unlilar tizimi singarmonizm qoidalariga boʻysunadi; qisqa va choʻziqlari mavjud. Buryat tili uziga xos boy lugat tarkibiga ega.XX asr boshlarigacha buryatlarning oʻz yozuvi bulmagan. XVIII asrdan ish yuritish va savod chiqarishda eski moʻgʻul yozuvidan foydalanilgan. 1931-yilda lotin alifbosi asosida yozuv yaratilgan, 1939-yildan esa Kirill alifbosi asosidagi yozuvga oʻtilgan. Zamonaviy buryat adabiy tili 30-yillar 2-yarmida xori dialekti asosida shakllangan.
| Buryat tili | |
|---|---|
![]() | |
| Milliy nomi | буряад хэлэн va ᠪᠤᠷᠢᠶᠠᠳ ᠮᠣᠩᠭᠣᠯ ᠬᠯᠡᠨ |
| Mamlakatlar | Rossiya, Moʻgʻuliston va Xitoy |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 329 000 |
| Alifbosi | Kirill alifbosi, Moʻgʻul yozuvi, Vagindra va Lotin alifbosi |
| Til kodlari | |
| ISO 639-2 | bua |
| ISO 639-3 | bua |
Yana qarang
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, buryat tili haqida ma’lumot. buryat tili nima? buryat tili nimani anglatadi?
