Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

David Robert Joseph Beckham OBE (talaffuzi: Devid Robert Jozef Bekham, 1975-yil 2-may Angliyaning London shahrida tugʻilgan) — Britaniyalik sobiq professional f

David Beckham

David Robert Joseph Beckham OBE (talaffuzi: Devid Robert Jozef Bekham, 1975-yil 2-may Angliyaning London shahrida tugʻilgan) — Britaniyalik sobiq professional futbolchi. 100 buyuk britaniyaliklar va dunyoning 100 ta eng nufuzli shaxslaridan biri. Britaniya imperiyasi ordeni sohibi. Jahon futboli tarixidagi eng mashhur shaxslardan biri. Inter Mayami Cf futbol klubining egasi va prezidenti. Salford Sity klubinig rahbari.

David Beckham
David Beckham
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi David Robert Joseph Beckham
Tavallud sanasi 2-may 1975-yil (1975-05-02) (50 yosh)
Tavallud joyi London, Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Boʻyi 183 sm
Ampluasi yarim himoyachi
Laqabi Becks (Beks)
Raqami 23
Milliy terma jamoa
Angliya Angliya

Devid Bekhem futbolchilik faoliyatida bir qator klublarni himoya qilgan bulardan „Manchester Yunayted“, „Preston Nort End“, „Real Madrid“ va „AC Milan“, u yana Angliya terma jamoasini ham himoya qilgan. U 2011-yilda dunyo boʻyicha eng koʻp haq toʻlanadigan futbolchi deb tan olingan.

Bekham futbolchilik karyerasida „Manchester Yunayted“ klubi bilan professional shartnomani imzolaydi va uning birinchi debyut oʻyini 1992 yil 17 yoshga toʻlganda boʻladi. Bekham „Manchester Yunayted“ tarkibida Premer-liga kubogini 6 marta, Angliya kubogini 2 marta va Chempionlar ligasini 1 marta sovrinlarini qoʻlga kiritadi. Bekhem 2003-yilda „Real Madrid“ klubiga oʻtadi, u bu klubda 4 yil harakat qiladi va 4-yili Ispaniya chempionati kubogini qoʻlga kiritdi. 2007-yilning yanvar oyida Bekhem AQSHning „Los-Angeles Glaksi“ klubi bilan summasi 32,5 mln dollar boʻlgan 5 yillik shartnomani imzolaydi. Bakhem 2009-2010 yillar orasida Italiyaning „Milan“ klubida ijara shartnomasi asosida harakat qildi.

Shaxsi hayoti

Bekhem Spice Girls vokalisti Viktoriya Beckamga (Adams) uylangan va ularning Bruklin Jozef, Romeo Jeyms, Kruz Devid ismli oʻg'li va Harper Seven ismli qizi bor.

Ordenlar va maxsus mukofotlar

  • Qirolicha Yelizaveta II tomonidan Britaniya imperiyasi ordeni OBE xodimi. 2003-yil.
  • Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg'armasi ( YuNISEF ) Yaxshi niyatli elchisi (2005-yildan hozirgacha)
  • 100 ta eng buyuk britaniyaliklardan biri
  • Dunyoning eng Mashhur 100 kishisi, 15-raqam. Forbes, 2007-yil
  • Buyuk Britaniyada 40 yoshgacha boʻlgan eng nufuzli erkaklar ro'yxatidagi birinchi raqam - Arena, 2007
  • Time 100. 2008-yil.
  • To'rt mamlakat (Angliya, Ispaniya, AQSh, Fransiya) ligasida g'olib chiqqan birinchi ingliz.
  • Uchta Jahon chempionatida gol urgan birinchi Angliya futbolchisi
  • UEFA Chempionlar Ligasining 100 ta o'yinini o'tkazgan birinchi britaniyalik futbolchi .
  • Yettita Premer ligada 265 o'yin, 80 asistent.
  • Angliya terma jamoasi sardori sifatida eng koʻp o'yinlar soni bo'yicha to'rtinchi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, david beckham haqida ma’lumot. david beckham nima? david beckham nimani anglatadi?

Yuqori