Tyuringit (Germaniyadagi Tyuringiya koni nomidan), temirli xlorit — oksidlangan xloritlar (leptoxloritlar) guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (Fe2Q, Fe3Q)3 [Al2Si2O10](OH2)(Mg,Fe)3(OH)6. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 3,15—3,19 g/sm3. Monoklin singoniyada kristallanadi. Yashirin kristall massalar holida boʻladi. Rangi sargʻish yashildan qoramtir yashilgacha. Choʻkindi temir konlarida yirik toʻplamlar holida uchraydi: temirli kvarsitlarda metamorfizm jarayonida va magmatik jinslar temir silikatlarining gidrotermal oʻzgarishidan ham gʻosil boʻladi. Yirik koni — Tyuringiya (Germaniya)da. Oʻzbekistonda Qurama togʻlarida topilgan. Temir rudasi sifatida sanoat ahamiyatiga ega.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, temirli xlorit haqida ma’lumot. temirli xlorit nima? temirli xlorit nimani anglatadi?