Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Titanmagnetit - murakkab oksidlar sinfiga mansub mineral — tarkibida koʻp miqdorda TiO2 ning kattik, eritmasi boʻlgan magnetit turi, Fe(Fe3Q, Ti)2O4. Fe, Ti va

Titanmagnetit

Titanmagnetit - murakkab oksidlar sinfiga mansub mineral — tarkibida koʻp miqdorda TiO2 ning kattik, eritmasi boʻlgan magnetit turi, Fe(Fe3Q, Ti)2O4. Fe, Ti va V larning kompleks rudasi. Unda Fe 50—55%; Ti 8—12%; V—0,5% gacha boʻladi. Tabiatda ilmenitli komponentlari koʻp (37% gacha) boʻlgan magnetitlar — titanmaggemitlar juda koʻp tarqalgan. Titanmagnetitlarda Al3Q, V4Q, Cr3Q, Mp2Q va boshqa aralashmalar holida uchraydi. Oktaedrik kristallar, donador agregatlar, kora rangli massalar shaklida boʻladi. Qattikligi 5—5,5; zichligi 4,8—5,3 g/sm3. Titanmagnetit konlari, asosan, magmatik boʻlib, oʻta asosli jinslar, asosli va ishqorli tog jinslari bilan bogʻliq; sochmalarda gʻam uchraydi. Titanmagnetitning yirik konlari Rossiya, Hindiston, Kanada, AQSH va Norvegiyada mavjud. Titanmagnetitdan temir, titan, vanadiy olinadi (yana qarang Temir rudalari, Titan rudalari).


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, titanmagnetit haqida ma’lumot. titanmagnetit nima? titanmagnetit nimani anglatadi?

Yuqori