Bosh skeletsizlar, boshqutisizlar – xordalilar kenja tipi, ayrim maʼlumotlarga koʻra, bosh xordalilar sinfi. Boshi ixtisoslashmagan, bosh qutisi boʻlmaydi. Tanasi va ayrim ichki organlari, jumladan ayirish sistemasi va jinsiy bezlari hamda muskullari segmentlashgan. Sezgi organlari sodda tuzilgan, faqat terisida va nerv nayi boʻylab sezgir hujayralar joylashgan, yuragi boʻlmaydi, qisqarib turuvchi aortasi yurak funksiyasini bajaradi. 2 urugʻi (lansetniklar, asimmetron) maʼlum. Atlantika va Tinch okeani dengizlarida keng tarqalgan. Qora dengizda ham uchraydi.
| Cephalochordates | |
|---|---|
![]() Branchiostoma lanceolatum lansetnigi | |
| Binar nomi | |
| (Haeckel, 1866) | |
| Guruhlar | |
| |
| Sinonimlari | |
| |
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Hayvon haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Nielsen, C. (July 2012). „The authorship of higher chordate taxa“. Zoologica Scripta. 41-jild, № 4. 435–436-bet. doi:10.1111/j.1463-6409.2012.00536.x. S2CID 83266247.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bosh skeletsizlar haqida ma’lumot. bosh skeletsizlar nima? bosh skeletsizlar nimani anglatadi?
