„Yulduzli Tunlar“ – oʻzbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida soʻz yuritiladi. Qodirov mazkur roman ustida oʻn yil (1969—1978) davomida ish olib borgan. „Yulduzli tunlar“ga „Boburnoma“ hamda „Humoyunnoma“ asarlari asosiy manba boʻlib xizmat qilgan.
| Muallif(lar) | Pirimqul Qodirov |
|---|---|
| Til | oʻzbekcha |
| Janr(lar)i | roman |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1978 |
„Yulduzli tunlar“ zamonaviy oʻzbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi. Qodirov 80-yillarda „Yulduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“ romanini yozgan. 1982-yil muallif roman uchun Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
„Yulduzli tunlar“ dunyoning bir necha tillariga, jumladan, rus, qoraqalpoq, qirgʻiz, qozoq, urdu, turkman, hind, bengal, turk tillariga tarjima qilingan. 2022-yil esa yapon tiliga ham tarjima qilingan. Asar ikki marta ingliz tiliga oʻgirilgan. Ilk bor 2019-yil Samarqand davlat chet tillar instituti xodimlari Ilhomjon Toʻxtasinov, U. Yoʻldoshev va A. Hamidovlar qilgan tarjima „Starry Nights: Babur“ nomi bilan bosilib chiqqan. 2023-yil esa Carol Yermakova Islom Karimov nomidagi fond qoʻllovi bilan qilgan tarjima „Babur: Starry Nights“ nomi bilan chop etilgan. Yermakova tarjimasi Julie Weekenden tahriri ostida „Nouveau Monde Editions“ fransuz nashriyotida bosilib chiqqan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yulduzli tunlar haqida ma’lumot. yulduzli tunlar nima? yulduzli tunlar nimani anglatadi?