Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Barak Husayn Obama II (inglizcha: Barack Hussein Obama II; 4-avgust 1961-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, huquqshunos va yozuvchi boʻlib, 2009-yildan 201

Barack Obama

Barak Husayn Obama II (inglizcha: Barack Hussein Obama II; 4-avgust 1961-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, huquqshunos va yozuvchi boʻlib, 2009-yildan 2017-ylga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 44-Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Bungacha 1997-yildan 2004-yilga qadar Illinoys shtati senatori, 2005-yildan 2008-yilga qadar esa AQSh senatori (Illinoisdan) vazifalarini bajargan. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Obama AQShning ilk afroamerikalik prezidenti boʻlgan. Obamadan keyin AQSh Prezidenti Donald Tramp boʻldi.

Barak Obama

Rasmiy portret (2012)
44-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti
Mansab davri
20-yanvar 2009-yil – 20-yanvar 2017-yil
Vitse-prezident Jo Bayden
Oʻtmishdoshi Jorj U. Bush
Vorisi Donald Tramp
Amerika Qoʻshma Shtatlari Senatori (Illinoysdan)
Mansab davri
3-yanvar 2005-yil – 16-noyabr 2008-yil
Oʻtmishdoshi Piter Fitsjerald
Vorisi Roland Burris
Illinoys Senati aʼzosi (13-okrugdan)
Mansab davri
8-yanvar 1997-yil – 4-noyabr 2004-yil
Oʻtmishdoshi Alis Palmer
Vorisi Kwame Raoul
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Barack Hussein Obama II

4-avgust 1961-yil (1961-08-04) (64 yosh)
Gonolulu, Gavayi, A.Q.Sh.
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Siyosiy partiyasi Demokratlar
Turmush oʻrtogʻi Mishel Robinson (1992-yildan)
Bolalari
  • Maliya
  • Sasha
Ota-onasi
  • Barak Obama Sr.
  • Enn Danxem
Istiqomat joy(lar)i Kalorama, Vashington
Taʼlim Punahou maktabi
Alma mater
Kasbi
  • Siyosatchi
  • huquqshunos
  • muallif
Imzosi
Vebsayti
  • Rasmiy sayti
  • Obama Jamgʻarmasi
  • Oq uy arxivlari

2009-yil 9-oktyabrida tinchlikparvar siyosati uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlandi.

2012-yilgi saylovda ham gʻalaba qozondi. Shuningdek, Obama uch bestseller kitob muallifi hamdir: Dreams from My Father („Otamdan orzular“) (1995), The Audacity of Hope („Umid jurʼati“) (2006) va A Promised Land („Vaʼda qilingan yer“) (2020).

Obama, rafiqasi Mishel va qizlari Sasha va Maliya, 2009-yil.

Dastlabki hayoti va karyerasi

Obama 1961-yil 4-avgustda AQShning Gavayi shtati Gonolulu shahridagi Kapiolani Ayollar va Bolalar Tibbiy Markazida dunyoga kelgan. U Gavayida va AQShning 48 ta qitʼada joylashgan shtatlaridan tashqarida tugʻilgan yagona prezidentidir. Uning onasi oq va otasi qora irqqa mansub. Onasi, Enn Danxem (1942-1995) Kanzasning Uichita shahrida tugʻilgan boʻlib, asosan ingliz, nemis, irland, shotland va uelslik kelib chiqishga ega boʻlgan. Otasi Barak Obama Sr. (1936-1982)Keniyaning Luo qabilasiga mansub hamda grant asosida Gavayiga oʻqishga kelgan talaba boʻlgan. Obamaning ota-onasi 1960-yilda Manoadagi Gavayi uiversitetida rus tili darsida uchrashishgan. Juftlik 1961-yilning 2-fevralida, Obama tugʻilishidan olti oy avval Vailukuda turmush qurishgan.

1961-yil avgusti oxirlarida, Obama tugʻilganidan bir necha hafta oʻtgach, Barak va uning onasi Seattle shahridagi Washington universitetiga koʻchib oʻtishib, u yerda bir yil yashashdi. Bu vaqt davomida Barakning otasi 1962-yilning iyunida Gavayida oʻqishini tamomlab, iqtisod boʻyicha bakalavrlik darajasi oldi. Keyinchalik, Garvard universitetiga grant asosida oʻqishga kirib, u yerni tugatdi va iqtisod boʻyicha magistrlik darajasini oldi. Obamaning ota-onasi 1964-yil martida ajrashishdi. Obama Katta 1964-yilda Keniyaga qaytdi va u yerda uchinchi marta uylandi. U, shuningdek, Keniya moliya vazirligida katta iqtisod tahlilchisi lavozimini bajardi. U oʻgʻli Obamani koʻrish uchun 1971-yil Mavlud bayramida faqat bir marotaba Gavayiga tashrif buyurgan. U 1982-yili avtomobil halokati tufayli vafot etdi, bu paytda Obama 21 yoshda edi. Bolalik chogʻlarini yodga olarkan, Obama bu haqda shunday deydi: „Otamning atrofimdagi odamlarga umuman oʻxshamasligini, yaʼni u qop-qora boʻlsa, onam sutdek oqligini bazorgʻa fahmlaganman“.

Nashr etilgan kitoblari

  • Dreams from My Father (1995)
  • The Audacity of Hope (2006)
  • Of Thee I Sing (2010)
  • A Promised Land (2020)

Audiokitoblar

  • 2006: The Audacity of Hope: Thoughts on Reclaiming the American Dream (Random House Audio) ISBN 978-0739366417

Oʻqish uchun

  • De Zutter, Hank. „What Makes Obama Run?“ (8-dekabr 1995-yil). 2013-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-aprel 2015-yil.
  • Graff, Garrett M. (1-noyabr 2006-yil). „The Legend of Barack Obama“. Washingtonian. 14-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-yanvar 2008-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  • Kenny, Mary. "Obama shaped more by his WASP heritage than the passion of Martin Luther King, " Independent.ie (7-sentyabr 2014-yil)
  • Koltun, Dave „The 2004 Illinois Senate Race: Obama Wins Open Seat and Becomes National Political "Star"“, . The Road to Congress 2004. Hauppauge, New York: Nova Science Publishers, 2005. ISBN 978-1-59454-360-9. 
  • Lizza, Ryan (September 2007). „Above the Fray“. GQ. 2011-05-14da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 27-oktyabr 2010-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  • MacFarquhar, Larissa (7-may 2007-yil). „The Conciliator: Where is Barack Obama Coming From?“. The New Yorker. Qaraldi: 14-yanvar 2008-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  • McClelland, Edward. Young Mr. Obama: Chicago and the Making of a Black President. New York: Bloomsbury Press, 2010. ISBN 978-1-60819-060-7. 
  • Parmar, Inderjeet and Mark Ledwidge. „…'a foundation-hatched black': Obama, the US establishment, and foreign policy.“ International Politics 54.3 (2017): 373-388 online (Wayback Machine saytida 2023-06-27 sanasida arxivlangan)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, barack obama haqida ma’lumot. barack obama nima? barack obama nimani anglatadi?

Yuqori