Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kingdom Arena (Al-Mamlakah Arena) (arabcha: المملكة أرينا‎‎), (oʻzbekcha: Qirolligi Arena) Dastlab (Boulevard Hall), Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida jo

Kingdom Arena

Kingdom Arena (Al-Mamlakah Arena) (arabcha: المملكة أرينا‎), (oʻzbekcha: Qirolligi Arena) Dastlab (Boulevard Hall), Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan futbol stadioni. Stadion oʻzining futbol oʻyinlarida 30 000 tomoshabinni sigʻdira oladi va maxsus trosslar bilam tortilgan tom qismiga ega. 2023-yil sentabr oyida Kingdom Holding kompaniyasi stadionni Al Hilol SFC jamoasiga uy stadion sifatida boshqarish huquqini berdi.

Kingdom Arena
Al-Mamlakah Arena
المملكة أرينا
Qirolligi Arena
Oldingi nomlari Boulevard Hall (2023)
Manzili Riyod, Saudiya Arabistoni
Operator General Entertainment Authority
Sigʻimi 30,000–40,000
Chim turi Tabiiy oʻt
Konstruksiya
Buzilgan joy 2023
Qurilgan 2023–24
Ijarachilar
Al Hilal
Website
Rasmiy sayti

Tarix

Kingdom Arena 180 kun ichida qurilgan va 30 000 dan ortiq odamni, shu jumladan 20 ta hashamatli koʻngilochar muhlislar joylarini sigʻdira oladi. U tortiladigan tomga va markazga osilgan toʻrt tomonlama moslangan video ekranga ham ega.

Stadionda oʻtkaziladigan birinchi futbol oʻyini 2024-yilning 29-yanvarida „Al Hilol“ va „Inter Miami CF“ oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib, „Al Hilol“ 4:3 hisobida gʻalaba qozongan.

2024-yil 8-fevral kunida Kingdom Arena dunyodagi eng katta yopiq futbol stadioni va yopiq stadion uchun eng yuqori sigʻimliligi boʻyicha Ginnesning ikkita rekordlar kitobiga kiritildi.

Voqealar

Boks

  • 2023-yil 28-oktyabr – Tayson Fyuri Frensis Ngannuga qarshi
  • 2023-yil 23-dekabr – Entoni Joshua Otto Uollinga qarshi
  • 2024-yil 8-mart – Entoni Joshua Frensis Ngannuga qarshi
  • 2024-yil 18-may – Tayson Fyuri Aleksandr Usikka qarshi

Aralash jang sanʼatlari

  • 2024-yil 24-fevral – PFL Bellatorga qarshi
  • 2024-yil 22-iyun – UFC Fight Night 244

Futbol oʻyinlari

  • 2024-yil 29-yanvar – „Al Hilol“ – „Inter Mayami“
  • 2024-yil 8-fevral – „Al Hilol“ – „Al Nassr“

Yana qarang

  • Ar-Riyod mavsumi
  • Bulvar dunyosi
  • Bulvar shahri

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kingdom arena haqida ma’lumot. kingdom arena nima? kingdom arena nimani anglatadi?

Yuqori