Viktor Aleksandrovich Verjbitskiy (1959-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, rus teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2011), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
| Viktor Verjbitskiy | |
|---|---|
ruscha: Ви́ктор Алекса́ндрович Вержби́цкий | |
![]() | |
| Tavalludi | 21-sentyabr 1959-yil Toshkent |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor |
| Faoliyat yillari | 1983-yildan |
| Mukofotlari | Rossiya xalq artisti |
Biografiyasi
1959-yil 21-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Polyak bobosining familiyasini olgan.
Verjbitskiyning soʻzlariga koʻra, uning bolaligi sahna ortida oʻtgan – buvisi teatrda liboslar dizayneri boʻlib ishlagan. Shu bois u kasb tanlash haqida koʻp oʻylamasdi. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutiga oʻqishga kirdi. Sahna dizayni boʻlimida tahsil olgan. 1996-yilda Moskvaga koʻchib oʻtdi va Lvov-Anoxin boshchiligidagi Yangi drama teatriga qabul qilindi.
1998-yildan 2005-yilgacha – Et cetera teatrida aktyor. Pushkin nomidagi Moskva drama teatrida ishlagan.
Ajrashgan. Isroilda Aleksandr ismli oʻgʻli yashaydi.
Mukofotlari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
- Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2004).
- MTV Russian Movie Awards 2006 – yilning eng yaxshi yovuz qahramoni.
- MK mukofoti, 2009-yil 25-noyabr.
- Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2011).
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, viktor verjbitskiy haqida ma’lumot. viktor verjbitskiy nima? viktor verjbitskiy nimani anglatadi?
