Kappadokiya — Kichik Osiyoning markazida (hozirgi Turkiya hududida) joylashgan qadimgi viloyat. Kappadokiyaning qad. aholisi oʻzini "xattlar" deb atashgan. Mil. av. 2-ming yillikda Kappadokiya hududida Xett podsholigishtg asosiy qismi joylashgan. Mil. av. 3-asr oʻrtasi — 1-asrlarda mustaqil podshohlik, mil. 17-yildan Rim provinsiyasi. Keyinchalik Pont podsholigi bilan birga Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirgan. 1074-yil Kappadokiyani saljuqiylar zabt etganlar. 15-asrdan Usmonyai turk imperiyasi tarkibida. Kappadokiya oʻzining katta yerlari va minglab qullariga ega ibodatxonalari bilan mashhur boʻlgan. 19-asrning 80-yillarida Kappadokiya hududidan Ossuriyadagi qulchilik taraqqiyoti toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar beruvchi qadimgi ossuriy mixxat hujjatlari ("kappadokiya jadvallari") topil gan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kappadokiya haqida ma’lumot. kappadokiya nima? kappadokiya nimani anglatadi?