Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Yopishqoqlik, -oquvchan moddalar (suyuqliklar va gazlar)ning ulardagi bir qismning ikkinchi qismga nisbatan harakatiga (siljishiga) qarshilik koʻrsatish xossasi

Yopishqoqlik

Yopishqoqlik, -oquvchan moddalar (suyuqliklar va gazlar)ning ulardagi bir qismning ikkinchi qismga nisbatan harakatiga (siljishiga) qarshilik koʻrsatish xossasi. Yopishqoq oqishning asosiy qonunini I. Nyuton topgan (1687). SI tizimida dinamik Yo. birligi p — Pas (SGSda — puaz)da ifodalanadi. Turgʻunlashgan laminar oqishda doimiy trada gazlar va normal (nyuton suyukliklari deb ataluvchi) suyukliklarning Yo.i oʻzgarmas kattalik; u tezlik gradiyentiga bogʻliq boʻlmaydi. Erigan metallar ham odatdagi suyukliklar kabi Yo.ga ega boʻladi. Suyuq geliy alohida Yo. xossasiga ega. 2,172 K trada u oʻta oquvchan holatga oʻtib, uning Yo.i nolga teng boʻlib qrladi. Molekulyarkinetik nazariya Yo.ni molekulalarning harakati va oʻzaro taʼsiri xususiyatlari bilan tushuntiradi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, yopishqoqlik haqida ma’lumot. yopishqoqlik nima? yopishqoqlik nimani anglatadi?

Yuqori