- Vikipediyada ismi Xotima va familiyasi Shayxova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Xotima Omilovna Shayxova (1929. 15.1, Toshkent) — faylasuf olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), falsafa fanlari doktori (1985), professor (1988). Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1960). Toshkentdagi oʻrta maktablarda ishlagan (1946—1963). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida kichik va katta ilmiy xodim (1966—1971), boʻlim mudiri (1971—1987), Toshkent Oliy partiya maktabida kafedra mudiri (1987—1992), Toshkent iqtisodiyot universitetining professori (1992—1997). Ilmiy asarlari etika, maʼnaviy hayot, turmush tarzi, ijtimoiy adolat, tarbiyaning ijtimoiy-axloqiy va maʼnaviy muammolariga bagʻishlangan.
| Xotima Omilovna Shayxova | |
|---|---|
| Tavalludi | 15-yanvar 1929-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
| Taʼlimi | Toshkent pedagogika instituti (1960) |
| Tezis sarlavhasi | Ahloqda jamoatchilik masalasi |
| Turmush oʻrtogʻi | Erkin Shayxov |
Asarlari
- Umuminsoniy qadriyatlar va maʼnaviy kamolot (hammualliflikda), T., 1992;
- Insonning maʼnaviy qiyofasi, T., 1993;
- Xulq-odob maʼnaviyat kaliti, T., 1994;
- Istiqlol va ayol qadri, T., 2002.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, xotima shayxova haqida ma’lumot. xotima shayxova nima? xotima shayxova nimani anglatadi?