Volga bulgʻorlari, Volga-Kama bulgʻorlari (Kama bulgʻorlari, bulgʻorlar) — Azov boʻylarida 7-asrda koʻchmanchilik qilib yurgan, soʻngra (7-asrning 2-yarmida) Oʻrta Volga boʻylariga koʻchib borgan turkiy qabilalar. Oʻrta Volga (Idel) va Kama daryosi boʻylarida Volga bulgʻorlari ugor-fin til oilasiga mansub mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar va kuchli harbiy tashkilotga ega boʻlganlari tufayli Volga-Kama havzasida siyosiy gegemonlikni qoʻlga olganlar, bu yerda turkiy tillar keng tarqala boshlagan. Volga bulgʻorlari boshqa mahalliy qabilalarni xalq boʻlib shakllanishida va davlat (qarang Volga-Kama Bulgʻoriyasi) barpo etilishida bosh rolni oʻynagan. Ularning avlodlari — chuvashlar, Qozon tatarlari va boshqalar.

Yana qara
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, volga bulgʻorlari haqida ma’lumot. volga bulgʻorlari nima? volga bulgʻorlari nimani anglatadi?