Vladimir Vladimirovich Velyaminov-Zernov [1830.31.10(12.11), Peterburg — 1904.30.1(12.2), Kiyev] — tarixchi, sharqshunos, tilshunos, numizmat, arxeolog . Peterburg FA Akademik (1861). Velyaminov-Zernov "Qirgʻiz-qaysaqlar hamda Rossiya bilan Oʻrta Osiyoning Abulxayrxon (1748—65) vafotidan keyingi munosabatlariga oid tarixiy maʼlumotlar" (1—2jild; 1853—55), "Muhammad Alidan Xudoyorxonga qadar Qoʻqon xonligi haqida tarixiy maʼlumotlar" (1856) kabi asarlarida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston xalqlari tarixini tadqiq etgan. Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklarida mavjud boʻlgan pul munosabatlariga oid asarlar yozgan. A. Navoiy asarlari asosida 16-asrda tuzilgan "Abushqa" lugʻatini nashr ettirgan (1867).
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, vladimir velyaminov-zernov haqida ma’lumot. vladimir velyaminov-zernov nima? vladimir velyaminov-zernov nimani anglatadi?