Xitoy hukumati Shinjondagi uygʻurlar va boshqa etnik hamda diniy ozchiliklarga qarshi asosan genotsid deya tavsiflanayotgan siyosat olib borib, bir qator inson huquqlarini davomli ravishda poymol qilmoqda. 2014-yildan boshlab Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Bosh kotibi Si Szinpin boshqaruvi ostidagi Xitoy hukumati bir milliondan ortiq turkiy musulmonlarni hech qanday qonuniy jarayonlarsiz qayta tarbiyalash lagerlarida qamoqqa oldi. 2016-yildan 2021-yilgacha boʻlgan operatsiyalarni Shinjon KP kotibi Chen Quanguo boshqargan. Bu jarayon Ikkinchi jahon urushidan keyingi etnik va diniy ozchiliklar hibsga olingan eng yirik holatdir. Xitoy hukumati 2019-yilda lagerlarni tugatishni boshladi. Amnesty International tashkiloti mahbuslar rasmiy jazo tizimiga oʻtkazilayotganini taʼkidlab kelmoqda.
| Uygʻur genotsidi | |
|---|---|
| Shinjon mojarosining bir qismi | |
![]() Shinjonning Lop tumanidagi lagerda nutq tinglayotgan mahbuslar. 2017-yil aprel. | |
![]() Xitoy xaritasidagi Shinjon (qizil rang bilan belgilangan) | |
| Joylashgan | Shinjon, Xitoy |
| Sana | 2014 — hozirgacha |
| Nishon | Uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar va boshqa turkiy musulmonlar |
Hujum turi | Interniratsiya, majburiy abort, majburiy sterilizatsiya, tugʻilishni majburiy nazorat qilish, majburiy mehnat, qiynoq, miya yuvish, zoʻrlash ham daʼvo qilingan (shu jumladan guruhli zoʻrlash) |
| Qurbonlar | tax. ≥1 million hibsga olingan |
| Jinoyatchilar | Xitoy hukumati |
| Maqsadi | Terrorizmga qarshi kurash (rasmiy) Xitoylashtirish, islomofobiya va siyosiy norozilikni bostirish |
Uygʻurlarning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan lagerlarda oʻzboshimchalik bilan hibsga olinishidan tashqari, hukumat siyosati majburiy mehnat, uygʻur diniy urf-odatlariga qarshilik, siyosiy indoktrinatsiya, majburiy sterilizatsiya, majburiy kontrasepsiya va majburiy abortni oʻz ichiga olgan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga koʻra, 2017-yildan buyon oʻn olti mingga yaqin masjidlar vayron qilingan yoki zarar koʻrgan, yuz minglab bolalar ota-onasidan majburan ajratilib, maktab-internatlarga joylashtirilgan. Xitoy hukumati statistik maʼlumotlariga koʻra, asosan uygʻurlar yashaydigan Xoʻtan va Qashqar viloyatlarida 2015-yildan 2018-yilgacha boʻlgan oraliqda tugʻilish 60 foizdan koʻproqqa kamaygan. Xuddi shu davrda butun mamlakat boʻyicha tugʻilish darajasi 9,69 foizga kamaygan. Xitoy rasmiylari 2018-yilda Shinjonda tugʻilish koʻrsatkichlari deyarli uchdan biriga kamayganini tan olsa-da, majburiy sterilizatsiya va genotsid haqidagi xabarlarni rad etdi. 2019-yilda Shinjonda tugʻilish darajasi yana 24 foizga kamaydi, mamlakat boʻyicha esa bu koʻrsatkich 4,2 foizni tashkil etgan.
Shuningdek qarang
- Iroq Turkman genotsidi
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, uygʻur genotsidi haqida ma’lumot. uygʻur genotsidi nima? uygʻur genotsidi nimani anglatadi?
