Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Turgʻun Tursunovich Azizov (ruscha: Азизов, Тургун Турсунович; 30-noyabr 1934, Toshkent – 22-yanvar 2024-yil, Toshkent) – aktyor va rejissyor. O‘zbekiston SSR x

Turgʻun Azizov

Turgʻun Tursunovich Azizov (ruscha: Азизов, Тургун Турсунович; 30-noyabr 1934, Toshkent – 22-yanvar 2024-yil, Toshkent) – aktyor va rejissyor. O‘zbekiston SSR xalq artisti (1974). Toshkent sanʼat institutini tugatgach (1956), Hamza teatrida aktyor. Taniqli Oʻzbekiston xalq artisti Abror Hidoyatovning jiyani.

Turgʻun Azizov
Tugʻilgandagi ismi Turgʻun Tursunovich
Tugʻilgan sanasi 30-noyabr 1934-yil
Tugʻilgan joyi Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafot sanasi 22-yanvar 2024-yil(2024-01-22)
(89 yoshda)
Vafot joyi Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Teatr Oʻzbek milliy akademik drama teatri
Mukofotlari O‘zbekiston SSR xalq artisti
Mehnat shuhrati ordeni

Hayoti

Turgʻun Azizov 1934-yil 30-noyabrda Toshkentdagi „Beshqayragʻoch“ (oldingi „Saryogʻchi“) mahallasida tugʻilgan.

1956-yilda avvalgi Oʻzbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tugatib, oʻsha yili hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritishni boshlagan.

Faoliyati

Asosiy rollari: Ferdinand („Makr va muhabbat“), Ilyos („Sarvqomat dilbarim“), Eydzi („Oʻgʻirlangan umr“), Mar-kTuysk („Oqpadar“), Niyoz („Nomaʼlum kishi“), Yoʻlchi („Qutlugʻ qon“), Gʻofir („Boy ila xizmatchi“), Edmund („Qirol Lir“), Ulugʻbek („Mirzo Ulugʻbek“), Amir Nasrullo („Nodirabegim“), Otello („Otello“) va boshqa Aktyorga katta shuhrat keltirgan roli „Oʻlimdan kuchli“ spektaklidagi Monserradir. Kinoda Amir Olimxon („Gang uzra tong“), Bakir („Maftuningman“), Amir Nasrullo (Nodirabegim"), Ota Maqsumov („Uzoq-yaqin yillar“), Mirzakarimboy („Parol – Regina mehmonxonasi“), Dadaboy („Qoʻqon voqeasi“, telefilm) kabi ob-razlar yaratdi. Liriko-dramatik va romantik plandagi rollarni zoʻr ehtiros va joʻshqinlik bilan ijro etadi, qahramonlar harakterini ochishda til boyligidan ustalik bilan foydalanadi, oz harakatda koʻp maʼno anglatishga, qahramonining his-tuygʻulari, ichki kechinmalarini ta-biiy ifodalashga intiladi. Rejissyor sifatida „Mirzo Ulugʻbek“, „Alisher Navoiy“, „Mehrobdan chayon“, „Chimildiq“, „Mashrab“ (hammasi M. Abdullayeva bilan hamkorlikda) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist: (1967)
  • O‘zbekiston SSR xalq artisti: (1974)
  • Fidokorona xizmatlari uchun ordeni.
  • Mehnat shuhrati ordeni: (2001)
  • Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari: (2023)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, turgʻun azizov haqida ma’lumot. turgʻun azizov nima? turgʻun azizov nimani anglatadi?

Yuqori