Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Trayektoriya (lotincha: traectorius — harakatga oid) — fazoda harakatlanayotgan moddiy nuqta hosil qiluvchi chiziq. Moddiy nuqtalardan iborat tizim harakatlanga

Trayektoriya

Trayektoriya (lotincha: traectorius — harakatga oid) — fazoda harakatlanayotgan moddiy nuqta hosil qiluvchi chiziq. Moddiy nuqtalardan iborat tizim harakatlanganda uning har bir nuqtasi oʻzining T.si boʻylab harakat qiladi. Moddiy nuqtalar tizimining holati holatlar fazosida nuqta xisoblanadi va uning T.si holat T.si deb ataladi. Matematikaning differensial tenglamalar va dinamik tizimlar kabi sohalarida T. tushunchasi asosiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Differensial tenglamalar va dinamik tizimlar nazariyalarida baʼzan T. chiziq boʻlmasligi xam mumkin. Chunki harakatlanayotgan nuqtaning koordinatalari bir oʻzgaruvchili funksiyalar boʻlib, ular differensial tenglamalar tizimining maxsus nuqtasi (muvozanat gʻolat) boʻlsa, bu nuqtadan oʻtuvchi trayektoriya shu nuqtaning oʻzidan iborat boʻladi.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, trayektoriya haqida ma’lumot. trayektoriya nima? trayektoriya nimani anglatadi?

Yuqori