Toʻraqoʻrgʻon – Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi shahar (1979-yildan). Tuman markazi. Viloyat markazi Namangan shahridan 12 km uzoqlikda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi – Toʻraqoʻrgʻon (5 km). Aholisi 22,6 ming kishi (2004). Shahar yonidan Kosonsoy soyi oqib oʻtadi.
Toʻraqoʻrgʻon | |
|---|---|
| shahar | |
| 41°00′00″N 71°30′57″E / 41.00000°N 71.51583°E | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Viloyat | Namangan viloyati |
| Tuman | Toʻraqoʻrgʻon tumani |
| Hukumat | |
| Qachondan beri shahar | 1979 |
| Maydon | 91 km2 (35 kv mi) |
| Markazi balandligi | 476 m |
| Rasmiy til(lar)i | oʻzbek |
| Aholisi (2005) | 25,6 ming |
| Konfessiyaviy tarkib | Musulmonlar |
| Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
| Avtomobil kodi | 50 |
| | |
Ijtimoiy soha
Tumanda „OhangarIII“, „Koopagrofirma“ aksiyadorlik jamiyatlari, „Shirinlik“ Oʻzbekiston—Gollandiya, „Axsikent“ qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatadi. 6 qurilish korxonasi, 55 savdo, 25 umumiy ovqatlanish, 62 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, qishloq xoʻjaligi, qurilish va maishiy xizmat koʻrsatish, kasbhunar kollejlari va iqtidorli bolalar litseyi, 6 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 2 muzey, 4 kutubxona, 7 tibbiyot muassasasi, shu jumladan, markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez yordam markazi boʻlimi faoliyat koʻrsatadi. Shahar yonidan Namangan – Toshkent avtomagistrali oʻtgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, toʻraqoʻrgʻon haqida ma’lumot. toʻraqoʻrgʻon nima? toʻraqoʻrgʻon nimani anglatadi?
