Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Tovush tezligi - tovush toʻlqinining belgilangan biror fazasining tarqalish tezligi. Tovush tezligi muayyan tashqi sharoitda mazkur modda uchun oʻzgarmas boʻlib

Tovush tezligi

Tovush tezligi - tovush toʻlqinining belgilangan biror fazasining tarqalish tezligi. Tovush tezligi muayyan tashqi sharoitda mazkur modda uchun oʻzgarmas boʻlib, toʻlqinning chastotasi va amplitudasiga bogʻliq emas. Gazlarda temperatura va bosim ortishi bilan Tovush tezligi ortadi, suyuqliklarda (suvdan tashqari) esa temperatura ortishi bilan, yaʼni suyultirilganda Tovush tezligi kamayadi. Suvda temperatura oshishi (74° gacha) bilan Tovush tezligi ham ortadi. Temperatura bundan yuqoriga koʻtarilgan sari Tovush tezligi kamaya boradi. Tovush tezligi ohangga bogʻliq emas. Tovush tezligi tarqalish muhitiga bogʻliq. Muhit boʻlmasa, tovush ham boʻlmaydi. Agar biron bir hajm ichida vakuum¹ hosil qilinsa, undagi tovush tarqalmaydi, chunki tovush faqatgina toʻlqin koʻrinishida tarqaladi. Tebranayotgan jism tebranishini qoʻshni molekula yoki zarrachalarga uzatadi. Harakat bir zarradan ikkinchisiga oʻtadi va bu tovush toʻlqinini paydo qiladi.

Tovush toʻlqinlari turli materiallar (yogʻoch, havo, suv) orqali tarqaladi. Shuning uchun ularning tarqalish tezligi ham har xil. Agar tovush tezligi haqida gapiradigan boʻlsak, “Qaysi muhitda?” — deb soʻrashimiz kerak.

Gaz va suyuqlik aralashmalarida Tovush tezligi undagi komponentlarning konsentratsiyasiga bogʻliq. Izotrop qattiq jismlarda Tovush tezligi moddaning zichligi va elastiklik moduli bilan aniqlanadi. Tovush tezligi qattiq jismlarda suyuqliklardagidan, suyuqliklarda esa gazlardagidan katta. Mas., Tovush tezligi 20° da havoda 331 m/s ga, suvda 1450 m/s ga, poʻlatda 5000 m/s ga teng.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tovush tezligi haqida ma’lumot. tovush tezligi nima? tovush tezligi nimani anglatadi?

Yuqori