Tahiti tili (tahiti tilida – te reo tahiti yoki te reo mā'ohi ) — avstronez tillari oilasining polinez tillari guruhiga kiruvchi til. Taiti orolida va Jamiyat orollari guruhiga kiruvchi boshqa qo'shni orollarda tarqalgan tub aholi, taitiliklarning tili. Tuamotu orollarida millatlararo aloqa vositasi sifatida ishlatiladi.
| Tahiti tili | |
|---|---|
| Milliy nomi | te reo tahiti yoki te reo mā'ohi |
| Mamlakatlar | Fransuz Polineziyasi |
| Rasmiylik holati | |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 68 000 |
| Alifbosi | Lotin alifbosi |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | ty |
| ISO 639-2 | tah |
| ISO 639-3 | tah |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 130 ming kishi..London Missionerlik Jamiyatining missioneri tomonidan ilk marotaba tasniflangan.
Taiti tiliga eng yaqin tillar - Tuaumotu, Markiz, Mangareva tillari, hamda Fransuz Polineziyasida tarqalgan boshqa kichik tillari va shevalar.
Yozuvi
Tahiti alifbosi lotin alifbosiga asoslangan va 13 ta harfdan iborat.
| Labial | Alveolyar | Glottal | |
|---|---|---|---|
| Portlovchi | p | t | ʔ |
| Nazal | m | n | |
| Frikativlar | fv | h | |
| Vibrantlar | r |
| Harf | Nomi | Talaffuzi | Izoh |
|---|---|---|---|
| IPA | |||
| a | 'a | /a/, /ɑː/ | |
| e | 'ē | /e/, /eː/ | |
| f | fa | /f/ | O va u dan keyin [ ɸ ] tovushiga aylanadi |
| h | hē | /h/ | i dan keyin va o yoki u dan oldin [ ʃ ] tovushiga aylanadi |
| i | 'ī | /i/, /iː/ | Ayrim so'zlarda ai diftongga aylanishi mumkin — masalan: rahi |
| m | mō | /m/ | |
| n | nū | /n/ | |
| o | 'ō | /ɔ/, /oː/ | |
| p | pi | /p/ | |
| r | rō | /r/ | |
| t | tī | /t/ | |
| u | 'ū | /u/, /uː/ | |
| v | vī | /v/ | o va u dan keyin [ b ] tovushiga aylanadi |
| ' | 'eta | /ʔ/ | Har bir bo'gin ayirish tovushi (glottal stop) bilan boshlanadi. |
- Аракин В. Д.. Таитянский язык, Языки народов Азии и Африки. М.: Наука (ГРВЛ), 1981.
- Charles Vernier, Introduction a la langue tahitien, Paris — 1959.
- Бугенвиль. Кругосветное путешествие на фрегате «Будёз» и транспорте «Этуаль», М. — 1961.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, tahiti tili haqida ma’lumot. tahiti tili nima? tahiti tili nimani anglatadi?