Svetlana Vladimirovna Munkova (turmushga chiqquncha — Ruban) (1965-yil 23-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — o‘zbekistonlik yengil atletikachisi, balandlikka sakrash bo‘yicha ishtirok etgan. 1994-yilgi yozgi Osiyo o‘yinlari chempioni, 1993-yilgi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori. 1996-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
| Shaxsiy ma'lumotlar | ||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Millati | | |||||||||||||
| Tug'ilishi | 1965-yil 23-may (57 yosh) Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR | |||||||||||||
| Balandligi | Andoza:Infobox shaxs/balandligi | |||||||||||||
| o'g'irligi | 59 kg (130 lb) | |||||||||||||
| Sport | ||||||||||||||
| Sport | Yengil atletika | |||||||||||||
Medallari va yutuqlari
| ||||||||||||||
Tarjimai holi
Svetlana Munkova 1965-yil 23-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
Xalqaro yengil atletika musobaqalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan.
Svetlana 1993-yilda Maniladagi Osiyo chempionatida 1,92 metr natija qayd etib, urinishlar soni bo‘yicha g‘olib — qozogʻistonlik Svetlana Zalevskayaga imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo‘ladi.
1994-yilda Xirosimadagi yozgi Osiyo o‘yinlarida 1,92 metrga sakrab, 3 santimetr yo‘qotgan Zalevskayadan revansh olib, oltin medalni qo‘lga kiritadi.
1995-yilda Barselonadagi yopiq inshootlardagi jahon chempionatida u 23-26-o‘rinlarni bo‘lishib, 1,80 metr natija bilan finalga chiqa olmadi. Gyoteburgdagi jahon chempionatida u yana o‘zining saralash guruhida 1,85 metr natija bilan 15-16-o‘rinlarni olib, finalga o‘ta olmadi.
1996 yili Atlantadagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiradi. Saralash bosqichida u birinchi urinishda 1,75 metrga sakradi, uchinchi urinishda 1,80 metr masofani bosib o‘tadi, lekin 1,85 metrga to‘siqdan o‘ta olmadi va natijada 28-o‘rinni egalladi va ukrainalik Inga Babakovaga 13 santimetrni boy berib mag‘lub bo‘ladi.
Munkova ayni vaqtda Samarada istiqomat qiladi va suzish boʻyicha murabbiy hisoblanadi.
Shaxsiy yozuvlari
- Balandlikka sakrash — 1,94 (1988-yil 17-may, Olma-Ota)
- Balandlikka sakrash (yopiq) — 1,80 (1995-yil 10-mart, Barselona)
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, svetlana munkova haqida ma’lumot. svetlana munkova nima? svetlana munkova nimani anglatadi?