Stepnogorsk — (qoz. Степногорск) Qozogʻiston Respublikasi Oqmoʻla viloyatidagi shahar (1964). Viloyat markazi – Koʻkshetov shahrining janubi-sharqiy tomonida 220 km masofada, Sariarqaning shimoliy qismida, Oqsuv daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shaharga 1959-yil asos solingan. Shahar aholisi 59,455 kishi (2012). Stepnogorskning shimoli-gʻarbidan Yereymentau – Zaozerniy temir yoʻli va Yereymentau – Makinsk avtomabil yoʻllari oʻtadi.
Stepnogorsk qoz. Степногорск | |
|---|---|
| shahar | |
![]() | |
| 52°20′49″N 71°52′54″E / 52.34694°N 71.88167°E | |
| Mamlakat | Qozogʻiston |
| shahar | Oqmoʻla viloyati |
| Hukumat | |
| • Akim | Takambayev Muratbek Shamilovich |
| Asos solingan | 1959 |
| Qachondan beri shahar | 1964 |
| Aholisi (2012) | 46,401 |
| Milliy tarkib | ruslar (50,32 %) qozoqlar (34,48 %) ukrainlar (5,31 %) olmonlar (3,39 %) tatarlar (2,21 %) belaruslar (1,31 %) polyaklar (0,43 %) |
| Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
| Telefon kodi | +7 71645 |
| Pochta indeks(lar)i | 021500—021501 |
| Avtomobil kodi | C, 03 |
| | |
Aholisi
Shahar aholisi 1999-yil 47,372 kishini tashkil qildi. 2012-yilgi statistika boʻyicha 46,401 kishini, atrofidagi qishloqlar bilan qoʻshib hisoblaganda 59,455 kishini tashkil qildi.
Hududiy boʻlinishi
Oqsuv, Bestoʻbe, Zavodskoy, Shantoʻbe, Qorabuloq
Sanoati
Stepnogorskda kimyo, mashina ishlab chiqarish, mikrobiologiya, oziq-ovqat, qurulish materiallari korxonalari, energetika sohasi yaxshi rivojlangan. Asosiy korxonalari: kimyo kombinati, taʼmirlash-mexanika zavodi, “Progress” AJ, “Stepnogorsk podshipnik zavodi” AJ, uy-joy qurulish kombinati, temir-beton zavodi, sut-konserva, oziq-ovqat kombinatlari, “Biomedpreparat” ilmiy-sanoat kombinati va boshqalar.
Ijtimoiy soha
Shaharda 9 ta aloqa boʻlimi, telefon stansiyasi, 7 ta kasalxona, 9 ta shifoxona, 7 dorixona, zamonaviy uslubdagi 1000 kishiga moʻljallangan kasalxona aholiga xizmat qilmoqda. Maktabgacha boʻlgan 38 ta bolalar mahkamasi, umumiy bilim beruvchi 13 maktab, kasb-hunar gimnaziya, 2 kasbi-texnik maktab, hududiy kollej, madaniyat uyi, 9 klub, 12 kutubxona, 2 kinoteatr, 2 sport kompleksi, stadion, 4 changʻi bazasi va boshqalar bor.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, stepnogorsk haqida ma’lumot. stepnogorsk nima? stepnogorsk nimani anglatadi?


