Ssinklar (Scincidae), ssinksimonlar — kaltakesaklar oilasi. Gavdasi bir necha sm dan 65 sm gacha; uzun, silliq yoki qirrali tangachalar bilan qoplangan. Oyoklari qisman yoki toʻliq reduksiyaga uchragan; tuproqda in qazib yashaydigan S.ning koʻzi boʻlmaydi. 1200 ga yaqin turi maʼlum; keng tarqalgan, yer yuzasida, yarim daraxtda va tuproqda in qazib yashaydigan turlari bor. Hasharotlar va ayrim yirik turlari mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda 5 turi (oltinrang mabuya, uzunoyoq ssink, Oloy, choʻl va Osiyo ilonquyruklari) tarqalgan.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ssinksimonlar haqida ma’lumot. ssinksimonlar nima? ssinksimonlar nimani anglatadi?