Sinxroniya (yun. synchronos bir vaqtli, bir davrli) — 1) bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan, oʻzaro boglik va alokador unsurlar tizimi boʻlgan tilning (yoki boshqa biror ijtimoiygumanitar fanning) muayyan rivojlanish davridagi holati; til rivojlanishi jarayonida muayyan oʻzgarishlarning mavjudligi yoki ularning ahamiyatsiz ekanligi belgisi asosida ajratilgan davr; 2) tilni koʻrsatilgan holagda, yaʼni davr vaqt omili va lisoniy oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlmagan holda tekshiriladigan aniq munosabatlar tizimi sifatida oʻrganish. Sinxroniya yordamida tilning nafaqat hozirgi davri, balki oʻtmishdagi davrlari ham alohida oʻrganilishi mumkin. Masalan, oʻzbek adabiy tilidagi unlilar tizimini 15-asrning yoki 20-asrning oʻzidagi ahvolini alohida, birbiriga qiyoslamay tadqiq etish Sinxroniyadir.
Sinxroniya tushunchasi diaxroniya tushunchasi bilan birga, unga qaramaqarshi qoʻyilgan holda fransuz tilshunosi F.de Sossyur tomonidan fanga kiritilgan. Bu tushunchalarning Sossyur boʻyicha oʻzaro farqlanishi, birbiridan ajratilishi statika bilan dinamikaning, til bilan nutqning, sistemalilik bilan sistemasizlikning, fonetika bilan grammatikaning qaramaqarshi qoʻyilishiga muvofiq boʻladi. Lekin modomiki til oʻz tabiatiga koʻra, doim harakatdagi, oʻzgarishdagi obyekt sifatida tavsiflanar ekan, dinamika tilning har qanday mavjudlik davrida, jumladan, Sinxroniyada tilning ajralmas qismi boʻlib qoladi, binobarin, Sinxroniyada diaxroniya unsurlari ham uchrashi mumkin.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sinxroniya haqida ma’lumot. sinxroniya nima? sinxroniya nimani anglatadi?