Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Unlilar Uygʻunligi yoki Singarmonizm(yun. syn — birga, harmonia — ohangdoshlik, uygʻunlik) — asosan, turkiy tillarda, qisman moʻgʻul, tungusmanjur, fin-ugor, pa

Singarmonizm

Unlilar Uygʻunligi yoki Singarmonizm(yun. syn — birga, harmonia — ohangdoshlik, uygʻunlik) — asosan, turkiy tillarda, qisman moʻgʻul, tungusmanjur, fin-ugor, paleoosiyo tillarida uchraydigan fonetik hodisadir. Bunda muayyan soʻz shaklining (ham asos, ham qoʻshimchalar) barcha unlilari talaffuz (artikulyasiya) jihatdan bir turli uygʻun boʻladi. Unlilar uygʻunligi (Singormonizm)ning ikki: old yoki orqa qatorga mansubligiga yoxud lablangan yo lablanmaganligiga koʻra turi boʻladi. Unlilar uygʻunligi (Singormonizm)ning tanglay garmoniyasi qonuniga koʻra soʻzning boshida (oʻzakda) til oldi unlisi kelsa, soʻz oʻrtasidagi va soʻngidagi unlilar ham til oldi boʻladi. Aksincha, soʻz boshida til orqa unlisi kelsa, keyingi boʻgʻinlarda ham til orqa unlisi keladi. Masalan, oʻzbek tilining Qoʻqon shevasida bala soʻzidagi unlilar old qator boʻlganidan unga faqat shu turdagi unlilardan boʻlgan qoʻshimcha qoʻshiladi: balalar, shuningdek, qozoq, tilidagi көлдер(kölder) va қолдар(qoldar) soʻzlari tanglay garmoniyasi asosida talaffuz qilinadi va yoziladi. Unlilar uygʻunligining bu turi oʻzbek tilining ayrim shevalari (deyarli barcha qipchoq shevalari, oʻgʻuz shevalari, shimoliy oʻzbek shevalari)da hozirgi kungacha toʻliq saqlanib qolgan. Lab garmoniyasida unlilar ham til oldilik va til orqalik, ham lablashish nuqtai nazaridan moslashadi. Bunday moslashishni hozirgi qirgʻiz tilidan misol: колдор(qoldor), көлдөр(köldör) kabilardir. Lab uygʻunligi oʻzbek tilida deyarli uchramaydi. Umuman, hozirgi oʻzbek adabiy tili Unlilar uygʻunligi qonunlariga deyarli, boʻysunmaydi. Eski oʻzbek adabiy tilida esa Unlilar uygʻunligiga qonuni ancha izchil va ayrim hollarda toʻligʻicha amal qilingan.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, singarmonizm haqida ma’lumot. singarmonizm nima? singarmonizm nimani anglatadi?

Yuqori