Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Sichqonlar (Mus) — sichqonsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. Gavdasining uzunligi 12 sm gacha, dumi deyarli gavdasining uzunligiga teng. Yer yuzida

Sichqonlar

Sichqonlar (Mus) — sichqonsimonlar oilasiga mansub kemiruvchilar urugʻi. Gavdasining uzunligi 12 sm gacha, dumi deyarli gavdasining uzunligiga teng. Yer yuzida juda keng tarqalgan, 25 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda uy sichqoni koʻp uchraydi; uz. 7—11 sm, dumi 4—10 sm. Tanasining orqa tomonida yungi kulrang, mallarang yoki qum rangida; korni ochiqroq tusda. S.ning dastlabki areali Yevrosiyoning jan. va shim. hududlari; hozirgi Yer yuzining barcha qismida uchraydi. Uy Si xonadonlar, bogʻ, poliz, dala va boshqa joylarda tarqal h gan, 30—40 sm chuqurlikda uya qazib yashaydi. Oʻsimlik va hayvon mahsulotlari, xususan, odam isteʼmol qiladigan mahsulotlar, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari donlari va boshqa bilan oziqlanadi. Uy Si 2 oyda voyaga yetadi, boʻgʻozlik davri 18—24 kun, 1 yilda 4—7 marta 5—8 tadan bolalaydi. 1,5—3 yil yashaydi. S. odam va hayvonlarning bir qancha xavfli kasalliklari (oʻlat, tulyaremiya va boshqalar)ni tarkatadi.


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sichqonlar haqida ma’lumot. sichqonlar nima? sichqonlar nimani anglatadi?

Yuqori