"SHOʻROI ISLOM" — siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy gazeta. "Shoʻroi islomiya" jamiyatining nashri. 1917-yil 16-mayda Toshkent shahrida haftada 2—3 marta chop etilgan. Muharriri A. Battol. Gaz.da Ismoil Obidiy, Nushervon Yovushev, Olim Boyburov, Munavvarqori Abdurashidxonov, Shokirjon Rahimiy va boshqalar ziyolilar faol qatnashgan. Gaz.ning asosiy maqsadi aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat boʻlgan. Gaz. 1917-yil iyunda moddiy muammolar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan. Gaz.ning 2 ta soni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasining noyob kitoblar boʻlimida saqlanadi.
Yana qarang
- Shoʻroi islomiya
- Oʻzbekiston milliy kutubxonasi
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shoʻroi islom haqida ma’lumot. shoʻroi islom nima? shoʻroi islom nimani anglatadi?