Sergey Brener (1971-yil 6-mart, Qozogʻiston SSR, SSSR) — sovet va oʻzbek fristaylchisi. U 1994-yilda qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
Tarjimai hol
Sergey Brener 1971-yil 6-martda Qozog'iston SSRda tug'ilgan.
U 1989-yilda Tindagi jahon kubogida fristayl boʻyicha xalqaro musobaqalarda ilk marta ishtirok etdi.
Sergey Brener 1990-yil aprel oyida Pyuxyatunturi shahrida boʻlib oʻtgan yoshlar chempionatida ski-kross va kombinasiya boʻyicha bronza medali sovrindori boʻldi.
1993-yilda Altenmarktda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. U akrobatika boʻyicha 26-oʻrinni, ski-kross boʻyicha 30-oʻrinni, mogulda 58-oʻrinni, kombinasiyada 4-oʻrinni egalladi.
Sportchimiz 1994-yili Lillxammerdagi qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi safiga qoʻshildi. Akrobatika boʻyicha ishtirok etgan. Ikkita sakrash yigʻindisi boʻyicha saralash bahslarida u 159,93 ball bilan 24 nafar ishtirokchi orasida 19-oʻrinni egalladi va 12 nafar finalchilar safidan joy olmadi. U Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlarida Oʻzbekiston terma jamoasining birinchi bayroqdori boʻldi.
U 1996-yili Xarbindagi qishki Osiyo oʻyinlarida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Brener akrobatika boʻyicha xitoylik Ou Xiaotao va Fey Dongpengga imkoniyatni boy berib, 3-oʻrinni egalladi.
Shunday qilib, Sergey Brener 1997-yil sportdagi faoliyatini tugatadi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sergey brener haqida ma’lumot. sergey brener nima? sergey brener nimani anglatadi?