Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya boʻlimin

Sarvar Otamuratov

Sarvar Saʼdullayevich Otamuratov – Milliy tiklanish partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlgan.

Sarvar Otamuratov
Tavalludi 22-avgust 1973-yil (1973-08-22) (52 yosh)
Toshkent

Biografiyasi

1973-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy, Toshkent davlat universiteti falsafa-iqtisodiyot fakultetining sotsiologiya boʻlimini, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini, Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Sotsiologiya fanlari nomzodi.

1995—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi valyuta-iqtisod bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchi, bosh iqtisodchi, boʻlim boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari, boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2006—2009-yillarda sugʻurta kompaniyalarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2009-yilda va 2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.

2010—2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

2013-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi etib saylangan.

2015-yildan 2019-yil]gacha bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari.

2016-yilgi prezidentlik saylovida 2,35 foiz ovoz olgan.

2019-yildan hozirgacha sugʻurta shirkati direktori.

Oilali, ikki farzandi bor.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sarvar otamuratov haqida ma’lumot. sarvar otamuratov nima? sarvar otamuratov nimani anglatadi?

Yuqori